325
davrini ko’rsatib o’tadi. Dastlabki ikki davrda odamlar tilga ega bo’ldi, mehnat
qurollarini yaratdi va olovni kashf etdi. Buning natijasida miloddan avvalgi 5-3
ming yilliklarda Hindiston, Xitoy, Misr, Mesopotamiya madaniyati shakllandi.
Uchinchi davr miloddan avvalgi VIII-II asrlar – Yunonistondan Xitoyga
qadar ma’naviy yuksaklik qaror topdi. Bu davr cheksiz imkoniyatlarni vujudga
keltirdi. To’rtinchi davrni XV-XX asrlarda Yevropada ilmiy-texnik
sivilizatsiyaning qaror topish davri bo’ldi, deb ta’riflaydi olim.
Amerikalik olim Frensis Fukuyama ijtimoiy taraqqiyot haqida «tarixning
intihosi» g’oyasini ilgari surdi. U “tarixning intihosida jamiyat va davlat inson
uchun maqbul shaklga keladi, jamiyatda liberal g’oyalar g’alaba qozonadi.
Jamiyatni tashkil etilishining eng maqbul yo’li – liberalizmdir”, - deb hisoblaydi.
Olim insoniyat tarixining mohiyatini jamiyat a’zolarining barcha manfaatlarini
qondira oladigan, barcha asosiy ziddiyatlar yechimini ta’minlay oladigan jamiyat
qurish tashkil etadi, degan xulosaga keladi.
7.2. Ijtimoiy hayot sferalari. Jamiyatning moddiy asosi.
Jamiyat qotib qolgan emas. Iisoniyat singari har bir alohida jamiyat ham
doimo taraqqiy etib, o’tmishdan kelajakka tomon yuksalib, ilgarilab boraveradi.
Jamiyat taraqqiyoti asosini mehnat, ishlab chiqarish tashkil etadi. Moddiy
boyliklarni tabiat insonga tayyor holda yetishtirib bermaydi. Tabiat baxsh etgan
narsalar bilan o’z ehtiyojlarini qondiruvchi hayvonlardan farqli o’laroq, inson
tirikchiligi uchun zarur bo’lgan moddiy buyumlarlarni o’zi ishlab chiqaradi.
Hayvonlar tabiatga moslashadi. Inson esa tabiatga faol ta’sir ko’rsatib, uni
o’zgartiradi, o’zlashtiradi va o’z maqsadi yo’lida undan foydalanadi. Inson
o’zining bitmas tuganmas mehnati bilan tabiatga ta’sir ko’rsatadi, ishlab
chiqarishni amalga oshiradi.
Moddiy boyliklar yaratish quyidagi uch jihatni o’z ichiga oladi: 1)maqsadga
muvofiq faoliyatni, ya’ni mehnatni; 2) mehnat predmetlarini, turli xildagi tabiiy
Do'stlaringiz bilan baham: |