322
xil nuqtai-nazar mavjud:
a) Jamiyat taraqqiyotiga formatsion yondoshuv;
b) Sivilizatsion yondoshuv.
Tarixiy jarayonlarga formatsion yondoshuvga ko’ra, insoniyat tarixi yaxlit
tabiiy-tarixiy jarayon. Bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning ketma-
ketlikda o’rin almashuvi jarayonidir. Ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalar to’g’risidagi
falsafiy ta’limot Karl Marks (1818-1883 yy.) tomonidan ilgari surilgan. Bu
ta’limotga ko’ra ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida turgan jamiyat
ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyadir.
Jamiyatlar
taraqqiyoti
ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarning o’zaro almashinuvi tarzida kechadi. Marks jahon tarixini bir –
formatsiyadan ikkinchi formatsiyaga o’tishdan iborat chiziqli rivojlanish sifatida
tahlil etdi. Marksning ijtimoiy taraqqiyot to’g’risidagi qarashlari tarixni
materialistik tushunish nazariyasi, deb yuritiladi.
Formatsiyali taraqqiyot quyidagi formatsiyalardan iborat:
1) Ibtidoiy jamoa tizimi
2) Quldorlik
3) Feodalizm
4) Kapitalizm
5) Sotsializm
Ijtimoiy
taraqqiyotga
formatsion
munosabat
tarixning
mohiyatini
tushunishga ma’lum darajada imkon beradi, lekin Marks tomonidan ilgari surilgan
tarixni materialistik tushunish nazariyasining bir yoqlamaligi tobora ayon bo’lib
qolmoqda, zotan tarixiy taraqqiyotning hamma bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar jamiyat hayoti asosini belgilashi shart emas. Turli xalqlar,
mamlakatlarning tarixini uzluksiz taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiya sifatida tushunish yetarli emas. Hozirgi davrda jamiyatlar taraqqiyotini
5 formatsiyadan iborat, taraqqiyotning o’zi uzluksiz chiziqli rivojlanish tarzida
kechadi, degan qarash ijtimoiy taraqqiyotning butun murakkabliklarini tushunishga
yetarli imkon bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |