Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

321
 
Tarixiy taraqqiyotning chiziqli taraqqiyot ekanligi haqidagi qarashlar 
deganda olamning yaratilishidan boshlangan taraqqiyot yo’li bir yo’nalishda, tekis 
davom etishi nazarda tutiladi. 
Ko’pgina antik davr olimlari tarixiy taraqqiyotni chiziqli taraqqiyot sifatida 
izohlaganlar. Antik davr olimlari Pifagor (er.av. 480-410 yy.) va Demokrit (er.av. 
460-370 yy) insoniyat tarixi doimo ilgarilama taraqqiy etgan, bu yovvoyilikdan 
oltin asrga qarab boradigan taraqqiyot, deb hisoblaganlar. 
Ayrim faylasuflar, masalan Gesiod, Seneka, (taxm.mil.av. 5-4 y., mil.av. 4 y. 
- mil. 65 y.) jamiyat taraqqiyotini regress – orqaga qaytish tarzida tushunganlar. 
Ularning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot «oltin asr»dan «temir asri»ga qarab boradi
ya’ni orqaga qaytadi. Bunda jamiyat yemiriladi, axloq yo’qoladi. 
Ijtimoiy taraqqiyotning doiraviyligi yoki tarixiy aylanma nazariyasi qadimiy 
Yunon faylasuflari Platon, Aristotel tomonidan ilgari surilgan. Ular insoniyat 
taraqqiy etib boradi, lekin bu taraqqiyot doiraviy tarzda sodir bo’ladi va jamiyat 
taraqqiyot natijasida doimo o’zining boshlang’ich holatiga qaytadi, deb 
hisoblaganlar. 
O’rta asr faylasuflari ijtimoiy taraqqiyotni inkor etmaganlar, lekin bu 
taraqqiyotni Xudoga bog’lab tushuntirganlar. 
Insoniyat tarixidan 
umumiylik 
va 
xilma-xillik 
italiyalik 
faylasuf 
Djambattista Viko (1668-1744 yy.) tomonidan asoslab berilgan. U o’zining 
«Millatlarning umumiy tabiati to’g’risidagi yangi fanning asoslanishi» kitobida yer 
yuzidagi barcha millatlar taraqqiyotining uch davri doirasida tsiklik rivojlanib 
borishi to’g’risidagi tarixiy aylanma nazariyasini ishlab chiqqan. Bular:
1. «Xudolar asri» - homiylarga bo’ysunish davri; 
2. «Qahramonlar asri» - aristokratik davlat davri; 
3. «Insonlar asri» - vakolatli monarxiya yoki demokratik respublika davri. 
Har bir bosqich oxir oqibat inqirozga uchraydi va parchalanib ketadi, va har safar 
tarixda shu tarzdagi aylanma harakat takrorlanadi, deb hisoblagan. 
Hozirgi zamon falsafasida tarixiy taraqqiyot muammosi bo’yicha asosan ikki 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling