Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
318
tomon borayotgan jarayonni ifoda etadi. Ishlab chiqarish qurollarining oddiy, qo’pol toshbolta va nayzalardan hozirgi zamonning murakkab texnikasi tomon borayotganligi buning isbotidir. Jamiyat hayotining qaysi bir tomonini olib qaramaylik, hamma joyda harakat, o’sish, o’zgarish mavjudligini ko’rmay ilojimiz yo’q. Kishilik jamiyatidagi taraqqiyot olamda ro’y berayotgan umumiy dialektik jarayonning muhim bir tarkibiy qismini tashkil etadi. Tarix o’zgaruvchandir. Bu o’zgaruvchanlik insoniyat jamiyati hech qachon bir nuqtada turib qolmasligi, ijtimoiy taraqqiyot vaqt singari orqaga qaytmaydigan jarayondan iboratligini ko’rsatadi. Jamiyat taraqqiyoti hamisha bitta yo’ldan, o’tmishdan hozirga, hozirdan kelajakka tomon boradi. Falsafaning tarixiy jarayon mazmuni, uning qonuniyatlari va asosiy yo’nalishlarini tushuntirish, uni bilish metodlarini asoslash bilan shug’ullanuvchi bo’limi tarix falsafasi hisoblanadi. Tarix falsafasi ontologiyasi, tarix falsafasi gnoseologiyasi, tarix falsafasi tarixi, tarix falsafasi antropologiyasi kabi tarkibiy qismlar farqlanadi. Tarix falsafasining dunyoqarashga doir, nazariy, metodologik va prognostik funktsiyalari mavjud. Turli davrlarda tarixiy jarayon mohiyati faylasuflar tomonidan o’ziga xos tarzda talqin etib kelingan. Xususan, XVI asr ingliz tarixchisi Kollingvud jamiyatlar tarix fani doirasida 4 bosqichdan iborat imperiyani tashkil etadi, bular; a) Sharq jamiyati; b) Yunon jamiyati; v) Rim imperiyasi; g) German imperiyasi deb hisoblagan. Frantsuz utopisti Sen-Simon (1760-1825yy.) jamiyatlar tarixini davrlashtirishda undagi mavjud iqtisodiy tizimni asos qilib oldi va bularni; a) antik davr (quldorlik bilan bog’liq); b) o’rta asr jamiyati – feodalizm bilan bog’liq va v) yirik sanoatga asoslangan jamiyat deb atadi. Sanoatlashgan jamiyatni taraqqiyotning pozitiv davri, deb ko’rsatdi. Frantsuz olimi Ogyust Kont (1798-1857yy.) jamiyatning rivojlanish sabablarini ma’naviy taraqqiyotdan qidiradi va insoniyat jamiyati taraqqiyoti 3 bosqichda amalga oshadi, bular jamiyat taraqqiyotining hamma uchun umumiy bo’lgan: a) teologik; b) metafizik; v) pozitiv bosqichlaridir, degan fikrni ilgari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling