326
materiallarni (ishlangan materiallarni ham); 3)mehnat predmetlariga ta’sir
ko’rsatish uchun xizmat qiladigan mehnat vositalarini (ularning asosiy tarkibiy
qismi ishlab chiqarish qurollaridir, ishlab chiqarish qurollari asboblar, mashinalar,
avtomatlar va boshqalardan iborat).
Moddiy ishlab chiqarish usulining o’zi nimadan iborat? Ishlab chiqarish
usuli moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar
bilan ishlab chiqarish munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning, bu
ikki muhim tomonning o’zaro aloqadorligisiz mehnat qilish ham, moddiy
ne’matlarni yaratish ham mumkin emas.
Moddiy boyliklar ishlab chiqarmoq uchun avvalo mehnat predmetlari va
mehnat vositalariga ega bo’lmoq zarur. Inson mehnati qaratilgan buyumlar mehnat
predmetlari deb ataladi. Mehnat predmetlari ishlab chiqarish jarayonida muhim
o’rin tutadi. Mehnat vositalariga, avvalo, ishlab chiqarish qurollari, mehnat
predmetlariga ta’sir ko’rsatishda inson tomonidan foydalaniladigan mashinalar,
asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari va boshqalar kiradi. Mehnat vositalari,
ya’ni mehnat jarayonining moddiy elementlari ham bo’lib, ishlab chiqarish
vositalarini tashkil qiladi.
Barcha mehnat vositalari ichida ishlab chiqarish qurollari ishlab chiqarishni
rivojlantirish uchun, demak, jamiyatni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega.
Odamlar mehnat qurollarisiz ishlab chiqara olmaydilar. Inson ana shu qurollar
yordami bilangina tirikchilik vositalarini hosil qiladi.
Mehnat qurollari ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o’ynasa ham,
odamsiz bu qurollar yaratilmaydi, ishlatilmaydi. Har qanday mehnat quroli, inson
amaliy faoliyati samarasidir. Inson mehnat qurollarining yaratuvchisigina emas,
shu bilan birga undan foydalanuvchi, ularni doimiy ravishda takomillashtiruvchi
hamdir.
Ishlab chiqarish qurollarini yaratish va ularni ishlatish odamlarning
faoliyatisiz bo’lmaydi. Demak, inson — ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng
muhim bo’lagi, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Eng asosiy ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: |