316
natijada inson jamoasi vujudga keldi”
1
.
Beruniyning
fikricha, jamiyat insonlar tomonidan “shartnoma” asosida
tuzilgan. Uningcha, “inson o’z ehtiyojlarini tushunib, o’ziga xos o’xshash kishilar
bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. Shuning uchun o’zaro
kelishuvchanlik qabiladagi “shartnoma” tuzishga kirishadi.
Odamlarning
birgaliqdagi turmushi insonni haqiqiy qudratiga, uning
ehtiyojlarini qondirishga
olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilishi ham zarurdir”
2
.
Ibn Sino jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida yashashlari kerak,
jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan
adolatli qonunlar
asosida yashashlari zarur deb ta’kidlaydi.
Olmon faylasufi Gegelning qo’rsatishicha, jamiyatning tarixiy taraqqiyoti,
uning
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarning asosiy sababi “mutlaq
g’oya”ga bog’liqdir. U o’zining “Falsafa tarixi” asarida “mutlaq g’oya” kishilik
jamiyati tarixini harakatga keltiruvchi kuch, deb ko’rsatadi.
Tabiat
va jamiyatning taraqqiyoti ham, ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti
ham “mutlaq g’oya”, abadiy ruh taraqqiyotidan kelib chiqadi, degan qarash Gegel
falsafasining asosiy g’oyasini tashkil etadi.
Jamiyat taraqqiyoti sabablarini g’oyalarga bog’lab tushuntirish, dunyoni aql
idora qiladi deb hisoblash faqat Gegel ta’limoti uchungina emas, balki Feyerbaxga
ham xosdir.
“Xristianlikning mohiyati” degan asarida Feyerbax jamiyat tarixida ro’y
bergan barcha o’zgarishlar diniy ta’limotlar, qarashlar o’zgarishidan kelib chiqadi
degan fikrni ilgari suradi. Dinni takomillashtirish yoki yangi bir din o’ylab topish,
Feyerbaxning fikricha, jamiyatni o’zgartirish yo’li hisoblanadi.
Jamiyat tushunchasi odatda keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda
bu tushuncha tabiatdan ajralib chiqqan moddiy
dunyoning tarkibiy qismi, o’z-
o’zidan rivojlanib turadigan kishilar hayotiy faoliyatlarining majmuini ifodalaydi,
1
Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993. -183-184-betlar.
2
Buyuk siymolar, allomalar.-T.,1995.-51-bet.