319
surdi.
Tarixiy taraqqiyot jahonning barcha mamlakatlarida bir xil tezlikda
bormaydi. Bu narsa tarixiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidan kelib
chiqadi. Xalqlar, mamlakatlarning, millatlarning ijtimoiy rivojlanishda tutgan
o’rni, yuksalish sur’ati ham bir xilda bo’lmasdan, balki turlicha bo’lgan.
O’zgaruvchan tarixiy taraqqiyot jarayonida ayrim xalqlar olg’a ketib, boshqalari
esa o’zining yuksalish imkoniyati jihatidan sivilizatsiya taraqqiyotining turg’un
shakllari bilan chegaralanib qolganlar. Biroq tarixiy sharoitning o’zgarishi bilan
sivilizatsiyaning ulkan yutuqlari chegarasidan chetda qolib ketgan xalqlar va
millatlar ham tarixiy taraqqiyotning oqimiga kelib qo’shiladilar, ilgari qoloqlik,
turg’unlik holatidan qutilib, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotda yetakchilik qilayotgan
xalqlarga yetib oladilar, hatto ulardan o’zib ham ketishlari mumkin.
Tarixiy taraqqiyot nurafshon yo’l bilan boradigan harakat sifatida keng
ma’nodagi tushuncha bo’lib, bu tizimning bir butun qismini va uning ayrim
bo’g’inlarini tavsiflaydi. Ijtimoiy hayotda ilmiy-texnik taraqqiyot bilan birga
ijtimoiy taraqqiyot, ma’naviy taraqqiyot, axloqiy taraqqiyot va boshqalar ham
mavjud bo’ladi. Ularning hammasi bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, jamiyat
hayoti u yoki bu tomonlarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga yordam
beradi.
Ijtimoiy taraqqiyot, bu jamiyat taraqqiyoti. Bu – uning o’tmishdan hozir
orqali kelajak sari o’zgarib borishidan iborat bo’lgan jarayondir. Insoniyat bir
necha ming yillik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonini tarix fani o’rganadi.
Tarix yunoncha “historian” so’zidan olingan bo’lib, o’tmish voqealar haqida
hikoyalar, bo’lib o’tgan hodisalar, degan ma’noni anglatadi.
Insoniyat o’tmishining o’ziga xosligi, ko’p xilligini o’rganish asosida
ijtimoiy bilimlar hosil bo’ladi. Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix
falsafasi yoki istoriosofiya shug’ullanadi.
Qadimdan olimlar tarixni falsafiy jihatdan anglashga intilganlar.
Tarixni anglash – insoniyat tarixining mohiyatini, yo’nalishini tushunish,
Do'stlaringiz bilan baham: |