Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

317
 
tor ma’noda esa u kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tuzumning 
aniq turini anglatadi. 
Kishilik jamiyati tabiat tadrijiy taraqqiyotining muayyan bir bosqichida 
vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir. Kishilik jamiyati taraqqiyoti 
olamda ro’y berayotgan umumiy qonuniyat jarayonining muhim bir tarkibiy 
qismini tashkil etadi va u tabiatda ro’y berayotgan dialektik rivojlanish bilan 
bevosita bog’langandir. 
Tabiat taraqqiyotining oliy mahsuli bo’lgan jamiyatni kishilarning faoliyati 
yaratadi, shu bilan birga odamning o’zi ham jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. 
Kishilik jamiyati odamlarning ishlab chiqarish faoliyati asosida vujudga 
kelgan. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’zaro muayyan ijtimoiy aloqa va 
munosabatlarda bo’ladilar. Ishlab chiqarish munosabatlarining ja’mi ijtimoiy 
munosabatlar deb ataladigan narsani, ya’ni jamiyatni vujudga keltiradi, vujudga 
keltirganda ham tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida turgai jamiyatni 
vujudga keltiradi. 
Ilmiy falsafa jamiyatga mavhum, g’ayri-tarixiy qarashga, ya’ni uni vaqt 
bilan va uning o’zi turgan muayyan taraqqiyot bosqichi bilan bog’lanmagan holda 
izohlashga asoslangan metafizik tushunishlardan, umuman jamiyat yo’q va 
bo’lmaydi, balki tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida turgan, o’ziga xos 
xususiyatga ega bo’lgan jamiyat mavjuddir, deb hisoblaydi. 
Har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum o’zining paydo bo’lish va rivojlanish 
qonunlariga egadir. Shu bilan birga ularning har birida jahon tarixining yagona bir 
jarayoniga bog’lovchi umumiy qonunlar ham amal qiladi. Insoniyat jamiyati 
tarixida turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-birining o’rnini egallaydi. 
Taraqqiyot hech qachon to’xtab qolmaydi. Insoniyatga xos bo’lgan o’sish, 
o’zgarish va rivojlanish bir tuzumdan boshqasiga o’tish jarayonidagina emas, ayni 
paytda har bir tuzum doirasida quyi bosqichdan yuqori bosqichga tomon 
rivojlanish jarayoniga ham xosdir. 
Kishilik jamiyatining o’sishi, o’zgarishi va rivojlanishi o’tmishdan kelajakka 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling