Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
416
insonparvarligi. Bu – ezgu so’z, ezgu fikr, ezgu amal. Inson, uning olamga munosabati qadimgi Yunon falsafasida markaziy o’rin tutadi. Yunon olimi Suqrot (er.avv. 469-399 yy.)ning falsafiy mulohazalari markazida inson va uning ongini o’rganish turadi. Suqrotning inson to’g’risidagi qarashlarida axloqiy ratsionalizm markaziy o’rin egallaydi. U axloqsizlik haqiqatni bilmaslikdir, insondagi yomonliklar – bilimsizlikning natijasidir, deb hisoblaydi. Platonning fikricha, inson asosan ikki bo’lakning uyushmasidan iborat. Birinchi bo’lak - o’lmas jon, ikkinchi bo’lak – tana. Insonning joni ham ikki qismdan iborat: oliy – yuqori qism va pastki – quyi qism. Oliy qismda aql-zakovat to’plangan, uning yordamida inson abadiy g’oyalar sirini bilib oladi va farovonlik, ezgulik tomon intiladi. Pastki qism - his-hayajonga asoslangan. Platon odamlarni uch katta toifaga bo’lgan. Birinchi toifadagilar – aqlli kishilar, ikkinchi toifadagilar - his-hayajonga beriluvchilar, uchinchi toifa – dohiylarga, yo’lboshchilarga sajda qiluvchilar. Aristotel inson jismi va ijtimoiy qiyofasi orasidan aloqadorlikni tushuntirib berishda o’z o’tmishdoshlaridan ancha ilgarilab ketadi. U olamdagi jami tirik mavjudotlar hayotining asosini jon tashkil qiladi, deb hisoblaydi. Bu jon uch turkumga bo’linadi: eng past turkumdagi jon - o’simliklar, ikkinchi turkumdagisi hayvonlarda, eng oliy turkumdagi jon – odamzodda bo’ladi. Aristotel inson deb ataluvchi tirik mavjudotni butun va bo’linmas, deb talqin etadi. Ayni vaqtda «inson o’z tabiatiga ko’ra siyosiy mavjudotdir», deb ta’riflaydi. Olim odamlarni faqat moddiy farovonlik emas, balki ijtimoiy adolat printsiplariga rioya qilish ezgulik tomon boshlaydi, deb hisoblaydi. Ezgulik deganda, aql-zakovat bilan ish ko’rishni, mehribonlik, mardlik, ochiq ko’ngillikni, to’g’rilik, xayrihoxlikni tushunadi. Aristotel insonning har tomonlama kamoloti haqida fikr yuritadi va yuksak axloqiy poklik, tashki va ichki go’zallik, ijtimoiy-siyosiy yetuklik kabi fazilatlarni oliy kamolotga yetkazadigan fazilatlar, deb hisoblaydi. O’rta asr G’arbiy Yevropa falsafasida inson haqidagi diniy qarashlar ilgari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling