Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
412
Ijtimoiy taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida insonning bunyodkorlik faoliyati respublikamizda demokratiyani rivojlantirish va ijtimoiy adolatni qaror toptirishda kuchliroq namoyon bo’lmoqdada. Biz hozir shunchaki demokratik jamiyat emas, balki demokratik odil jamiyat qurmoqdamiz. O’zbek xalqi demokratik odil jamiyat haqida juda qadimiy an’analarga ega. O’z davlati tizimini «Kuch — adolatdadir» shiori ostida — tuzgan Amir Temur tarixi bunga yorqin misoldir. Mehnatkashlar ommasining yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyati mustaqilligimizning siyosiy negizlarini mustahkamlashda, xususan, davlatni boshqarishda ham ko’zga yaqqol tashlanmoqda. Bizda xalqimizning mehnati va jasorati bilan tuzilgan huquqiy demokratik davlat xalqning o’zi tomonidan boshqarilmoqda. Shunday qilinmasa, siyosiy mustaqillikni ta’minlab bo’lmaydi. Keng mehnatkashlar ommasining faol ijtimoiy-siyosiy faoliyati, o’z-o’zini boshqarishning to’xtovsiz avj olib borishi respublika hayotining hamma sohalarida o’z ifodasini topmoqda. Buni, birinchi navbatda, jamiyat hayotining asosi bo’lgan moddiy boyliklar yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, oziq-ovqat muammolarini hal etish, turli korxonalar, uyushmalar, birjalar, jamg’armalarning tashkil etilishi va boshqa sohalarda ko’rish mumkin. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi mehnatkashlar ommasining xo’jasizlikka, to’rachilikka, huquq-tartibotni buzuvchilarga, ko’zbo’yamachilikka va uyushgan jinoyatchilikka, poraxo’rlikka, tanish-bilishchilik oshna-og’aynigarchilik asosida ish bitkazuvchilarga, xullas, ijtimoiy adolat tamoyillariga tubdan zid bo’lgan harakat va intilishlarning har qanday turlari va ko’rinishlariga qarshi kurashni avj oldirib yuborganligi bilan xarakterlanadi. Jamiyatning o’z-o’zini boshqarish darajasi kishilar ongining o’sishi, tafakkur madaniyatining yetukligi bilan uzviy bog’liqdir. Ma’lumki, odamlar demokratiya va oshkoralikdan oqilona foydalanishga ham g’oyaviy, ham ma’naviy jihatdan tayyor bo’lsalargina jamiyatimiz oldida turgan vazifalarni hal qilishga yordam beradilar. Buning uchun yuksak madaniyat va ma’naviyat, uzoqni ko’ra bilish va donolik, g’oyaviy, madaniy yetuklik va poklik yangicha fikrlash imkoniyatlaridan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling