Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
410
maqsadga qaratilgan faol amaliy ko’rsatkichlar yo’li bilan ijtimoiy muhitni, jamiyatni o’zgartira oladi. Inson faqat sharoit va tarixning mahsuligina bo’lmay, balki ularni yaratuvchi hamdir. Tarixiy jarayonda xalq ommasining qanchalik faol ishtirok etishi, g’ayrat va tashabbus ko’rsatishi moddiy va ma’naviy boyliklar ijodkori bo’lgan mehnatkash insonning shijoatiga, onglilik darajasiga, o’ziga topshirilgan ishlarga qanchalik ma’suliyat bilan yondasha bilishi, ijodiy tashabbuskorligiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Bu fikr ijtimoiy taraqqiyotimizning hozirgi tarixiy bosqichiga ham bevosita taalluqlidir. Mustaqillikni muvaffaqqiyatli ravishda amalga oshirish har bir insondan o’z burchini ko’r-ko’rona bajarishni emas, balki ongli, ilmiy asosda yondashishni talab qiladi. Shuning uchun ham hozirgi davrda har bir kishi, har bir shaxsni g’oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirish, har tomonlama yetuk va barkamol bo’lishiga erishish, siyosiy, madaniyatli qilish mamlakatimizni ravnaq toptirish, demokratiyani rivojlantirishning asosiy shartlaridan bo’lib qoldi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida inson rolining kuchayib borayotganligi muammosining bir necha jihatlari bor. Bir tomondan, u ijtimoiy ishlab chiqarish xodimini kamol toptiradi, uni rag’batlantiradigan omillarni belgilab beradi. Ikkinchi tomondan, odamlarning mehnat g’ayrati malakasini oshirishga qayta ta’sir qiladi, uning taraqqiyotini jadallashtiradi. Inson shaxsining boyligi, faolligi, eng avvalo, mehnat faoliyati sohasida ruyobga chiqadi. Mehnat sohasidagi faollik shaxs faolligining boshqa hamma shakllariga qaraganda belgilovchidir. Bu tasodifiy emas, albatta. Chunki ayni shu sohada insonning olgan bilimi, orttirgan tajriba va malakasi va boshqalar amalda ko’llaniladi, namoyon bo’ladi. Jamiyat taraqqiyoti haqidagi har qanday g’oyalar, avvalo, insonning ijtimoiy tafakkurida shakllanadi, keyin e’tiqodga aylanib, faoliyatiga yo’nalish beradi. Insonning har qanday amaliy faoliyati, mehnati — ma’rifiy, tarbiyaviy, mafkuraviy tadbirlar asosida amalga oshadi. Mehnatda insonning qobiliyati va iste’dodi, aql idroki va tafakkuri namoyon bo’ladi. Inson aqli, qo’li bilan nimaiki qilmasin, uning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling