Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
406
materiyaning ko’rinishi yoki uning bir bo’lagi deb o’ylash mutlaqo noto’g’ridir. Ongni moddiylashtirishga urinuvchi vulgar materialistlar fikr moddiydir deb da’vo qiladilar. Bu oqimning namoyandalari Moleshott, Byuxner, Fogtlar esa jigar zardob ayirgani singari miya ham fikr ajratadi degan edilar. Ular ongni materiyadan iborat qilib qo’yib, uni materiya bilan tenglashtirib, fikrni borliqning moddiy ko’rinishi deb hisoblaydilar va shu tariqa materiya bilan ong o’rtasidagi, moddiy hodisa bilan ideal hodisa o’rtasidagi farqni inkor qiladilar. Ilmiy falsafa tabiatdagi barcha narsa va hodisalarda sezuvchanlik tafakkur va boshqa hayotiy funktsiyalar bor degan gilozoizm (Bruno, Rabine va boshqalar) ta’limotiga ham qarshi chiqadi. Bu g’oyaning xatoligi shundaki, u jonsiz tabiat bilan jonli tabiat o’rtasidagi farqni hisobga olmaydi. Aniq ifodalangan shakldagi sezgi materiyaning yuqori organik shakllarigagina xosdir, holbuki butun materiya in’ikos ettirish xususiyatiga, ya’ni tashqi muhit ta’siriga muayyan javob berish qobiliyatiga egadir. Bu xususiyat ma’lum darajada sezgi bilan o’xshashdir, lekin u bilan birday emas, shu tufayli tafakkur, ong butun materiyaga xos bo’lgan xususiyat deb bo’lmaydi. Hozirgi davrda fanning yangi sohasi bo’lgan kibernetikaning muvaffaqiyatlari munosabati bilan jonsiz tabiat predmetlarida ham fikrlash qobiliyati bor deb ko’rsatishga urinish kuchaymoqda. Turli boshqaruvchi sistemalarni va boshqaruv jarayonlarini o’rganuvchi kibernetika fani asosida ajoyib mashinalar yaratildi. Ulardan ayrimlari samolyotlarni, poezdlarni yoki murakkab ishlab chiqarish jarayonlarini boshqara olsa, boshqalari matnni aniq va tez bir tildan boshqa tilga tarjima qiladi, eng qiyin matematik topshiriqlarni bajaradi va hokazo. Bu mashinalar tashqaridan turli ma’lumotlar olishga, ularni «esda saqlab qolishga» layoqatlidir. Bu esa, ayrim olimlarning «aqlli» mashinalar sezish va hatto, fikrlash qobiliyatiga egadir, deb aytishlariga bahona bo’ldi. Kibernetika bazasida amalga oshirilayotgan tafakkur funktsiyalarini modellashtirish katta falsafiy ahamiyatga ega. Hozirning o’zidayoq bir qator tafakkur funktsiyalarini qayta hosil qiladigan kibernetika qurilmalarining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling