Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
405
bo’lmasa, fikrlash ham bo’lmaydi, nutq fikrlash qurolidir. Tafakkur bo’lmasa nutq, tilning ham bo’lishi mumkin emas. Til va tafakkur bir-birisiz mavjud bo’lmasa ham, biroq, ular aynan bir xil narsa emas. Tafakkur — ob’ektiv reallikning in’ikosidir, til esa fikrni ifoda etish quroli, uni qayd qilish va boshqa kishilarga yetkazish, bildirish vositasidir. Til faqat tafakkurning ifodasi emas, balki uning tayanchi va taraqqiyot quroli hamdir. Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va kashf etilgan barcha narsalar, hodisalar, tushunchalarni o’zida aks ettiruvchi til buyuk umumlashtiruvchilik rolini bajaradi. Jamiyatning taraqqiy etishi bilan tafakkur singari til ham taraqqiy etib boradi. Til ham ong kabi qadimiydir. Til — amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan va xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lgan ongdir, binobarin, til ong singari boshqa kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji tufayli, muomala qilish zarurligi tufayli paydo bo’ldi. Hayvonlarda esa nutq yo’q, boshqacha aytganda, hayvonlar gapirmaydi. Ularning hayot sharoiti shundayki, natijada ularda so’zlashishga zarurat va imkoniyat yo’q. Hayvonlarning aloqa qilish vositasi har xil signallar berish bo’lib xizmat qiladi. Bu signallar tovush chiqarib yoki imo-ishora bilan beriladi. Maymunlarda bu hol ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Ammo «signal berish sistemalariga» nutq boshlang’ichlarining vujudga kelishi uchun yagona shart-sharoit deb qarash kerak. Nutq — aloqa qilishning sifat jihatdan yangi vositasi bo’lib, faqat odamga xosdir. Til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish vositasi va fikrning bevosita ifodasidir. Kishilar fikr almashmaganida umuman zarur moddiy boyliklarni ishlab chiqara olmagan, tabiat kuchlariga qarshi birgalikda kurasha olmagan bo’lar edi. Fikr ayirboshlash esa, faqat til yordamida amalga oshiriladi. Til tafakkurning borliq shakli, tafakkur esa tilning mazmunidir. Demak, tafakkur va ong inson miyasining mahsulidir. Ongni, tafakkurni fikrlash organi bo’lgan miyadan ajratib bo’lmaydi. Ammo bu munosabatga asoslanib ongni moddiy deb hisoblash mumkin emas. Ongni moddiy deb hisoblash, tafakkurni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling