Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
402
oftob nurlari qaysi tomondan ko’proq tushsa, barglar asosan o’sha tomonga qarab o’sadi. Hayvonot dunyosida ta’sirlanuvchanlik xossasi taraqqiyotining muayyan bosqichida sezgilarning kelib chiqishiga olib keldi. Dastlabki eng oddiy sezgilarning maydonga kelishi tirik tabiat taraqqiyotidagi yangi davr bo’ladi. Aks ettirishning muayyan shakli bo’lgan sezgilar hayvonot dunyosi taraqqiyotining ilk bosqichlarida kelib chiqishi bilan birga odamda ko’proq taraqqiy topdi va kamolga yetdi. Sezgi ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazidir. Materiya bizning sezgi a’zolarimiz, ko’z to’r pardasiga va shu kabilarga, ya’ni muayyan suratda tuzilgan materiyaga bog’liq. Materiyaning mavjudligi esa sezgiga bog’liq emas. Odam miyasi va kishilarning ijtimoiy tabiatga ko’ra ko’proq taraqqiy topgan asab tizimi hayvonlarning sezgilariga qarama-qarshi o’laroq, odam sezgilarining yangi sifat xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Hayvonlarning sezgilari ham, odamning sezgilariga ham tabiatda mavjud bo’lgan narsa va hodisalarning in’ikosidir. Ammo, odamning sezgi a’zolari aks ettira oladigan hamma narsani hayvonlarning sezgi a’zolari aks ettirishga qodir emas. Masalan, burgut odamga qaraganda ancha uzoqni ko’radi, lekin odamning ko’zi buyumlarda burgutning ko’ziga qaraganda ancha ko’p narsani ajratadi. Odamga nisbatan kuchuk birmuncha nozikroq hid bilish quvvatiga ega, lekin u odam uchun turli narsalarning muayyan belgilaridan iborat bo’lgan hidlarning yuzdan bir hissasini ham farq qila olmaydi. Fan odam bilan hayvonot dunyosi o’rtasida biologik — fiziologik ma’noda o’tib bo’lmaydigan chegara yo’qligini isbotladi. Eng yuksak darajada tuzilgan mavjudot — odam jonli tabiat taraqqiyotining eng yuksak mahsuli hisoblanadi. Hayvonlar ruhiyatning muhim xususiyati instinktlardir. Instinktlar — hayvonlar muayyan turining evolyutsiyasi jarayonida to’plangan ongsiz hayoti, «tajribasi»dir. Ular mutlaqo o’zgarmas narsa emas, aksincha, evolyutsiya jarayonida hayot sharoitiga qarab o’zgaradi, yangi instinktlar bilan almashinadi. Instinktlar murakkab shartsiz reflekslar bo’lib, organizmning tashqi ta’sirotiga javoban tug’ma his-tuyg’u, sezgidan iborat. Instinktlarda hech qanday g’ayritabiiy sir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling