Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

404
 
kechirayotgan odamning tashqi qiyofasida namoyon bo’ladi); uchinchidan, gumoral 
xarakterdagi, ya’ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa kimyoviy 
o’zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo’ladigan yanada chuqur 
o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi. 
Emotsiya qandaydir bir hissiyotning bevosita kechirilishidir. Ba’zi hollarda 
emotsiyalar ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Bunday emotsiyalar odamni 
harakatlarga, mulohazalar aytishga undovchi kuchga aylanadi. 
Emotsiyalar qilinayotgan harakatlarning mavzusi bo’lish bilan birga, ba’zan 
faoliyatni tashkil qiluvchi jihatga, ba’zan esa faoliyatni buzuvchi jihatlarga aylanadi. 
Insonning haqiqatni izlashlari hech vaqt insoniy hissiyotlarsiz bo’lmagan va bo’lishi 
mumkin emas edi. Boshqa tomondan olganda, ortiqcha emotsiyaga berilish juda ko’p
hollarda ob’ektlarni noto’g’ri aks ettirishga, xulosa chiqarish va baholashda 
mantiqsiz holatlarga olib keladi. 
Tafakkur — miyaning oliy mahsuli, ob’ektiv olamning tushunchalar
muhokamalar, nazariyalar va hokazolardagi in’ikosining faol jarayonidir. Boshqacha 
aytganda, tafakkur borliqning inson miyasida mavhumlashgan, umumlashgan, til 
bilan ifodalanadigan aks etishidir. Tafakkur avvalo ijtimoiy taraqqiyot bilan 
bog’liqdir, u o’zining paydo bo’lish xususiyatlari jihatidan ham faoliyat usuli jihatidan 
ham, o’z natijalari jihatidan ham ijtimoiy mahsuldir. Tafakkur kishilarning ijtimoiy 
ishlab chiqarish faoliyati jarayonida paydo bo’ladi va voqelikning vositali in’ikosini, 
uning qonuniyatli aloqalarini ochib berishni ta’minlaydi. Abstraktsiya, analiz va 
sintez, muayyan vazifalarni o’rtaga tashlash va ularni hal etish yo’llarini topish, 
gipoteza, g’oyalarni ilgari surish kabi jarayonlar tafakkurga xos xususiyatlardir. 
Tafakkurning voqelikni umumlashtirib aks ettirishi insonning umumiy tushunchalar 
tuzish qobiliyatida ifodalanadi. 
Inson ongining taraqqiyotida nutq, til g’oyat
muhim ahamiyatga egadir. Tilning 
paydo bo’lishi bevosita mehnat bilan uzviy ravishda bog’liq. Odamning o’zini ham, 
tilini ham ijtimoiy mehnat yaratadi. 
Til tafakkur bilan chambarchas bog’liqdir. Inson nutqi bo’lmasa, til vositalari 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling