Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
403
yo’q. Ular turli hayvonlarda turlicha namoyon bo’ladi. Hayvonlarning juda murakkab sezgi harakatlari ma’lum, masalan, asalarilar olti qirrali, chumolilar ko’p qavatli uyalar quradi, qushlar doimiy havo yo’llaridan uchib o’tadi, baliqlar o’zi bir vaqt tuxumdan chiqqan joyiga tuxum tashlaydi va boshqa ko’pgina misollar mavjud. Demak, hayvonlarga xos bo’lgan ruhiy hodisalar ularga har xil sezgi va instinktlarda ko’rinadi. Yuqorida aytilgandek instinktlar murakkab shartli bog’lanishlar sifatida yuzaga chiqadi, hayvonlarning yurish-turishi ana shu bog’lanishlar asosida vujudga keladi. Ammo yuqori darajadagi hayvonlarning ruhiyati shu hodisalar bilgangina cheklanmaydi. Ularda idrok faoliyatining elementlari, ong boshlang’ichlari, anglab, bilib aks ettirishning dastlabki eng oddiy shakllari borligini fan dalillar asosida isbotladi. Hayvonlarda ongli, rejali suratda harakat qilish qobiliyati asab tizimining taraqqiy etishiga muvofiq ravishda rivojlanadi va bu sut emizuvchi hayvonlarda ancha yuksak darajada turadi. Yuksak darajadagi ong odamlarga xos xususiyatdir. Ong voqelikning ham ratsional, ham hissiy in’ikosini qamrab oladi. Shuningdek, u inson hissiyotlari, irodasini ham o’z ichiga oladi. Iroda — insonning o’z xatti-harakatlarini ongli ravishda tartibga solish va ko’zlangan maqsadni amalga oshirishda uchraydigan jami to’siqlar (qo’rqinch, jur’atsizlik, shubha)larni yengishga bo’lgan qobiliyatdir. Iroda amaliy faoliyat jarayonida shakllanadi, insonning ham tashqi olam predmetlarini, ham o’z shaxsiy imkoniyatlarini bilishga asoslanadi. Barcha ruhiy jarayonlar singari hissiy-emotsional holatlar ham miya faoliyatining natijasidir. Hissiy holatlarning paydo bo’lishiga tashqi olamda yuz beradigan o’zgarishlar sabab bo’ladi. Insoniy his-tuyg’ular hayotning ijtimoiy sharoitlari bilan o’zgaradi. Boshqacha aytganda, u ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Emotsiyalar (his, tuyg’u) birinchidan, ifodali harakatlar (mimik va pantomimik harakatlar)ni; ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya’ni ichki a’zolar faoliyatining va holatining o’zgarishi (ko’pchilik hollarda bu o’zgarish emotsiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling