408
turadi. Kibernetik mashinaning «elektron miyasi» issiqda, sovuqda, namlikda,
silkinishda ishlay olmagan holda inson miyasi esa bunday sharoitga osonlikcha
moslasha oladi. Shuningdek, inson miyasi tejamli ishlashidan tashqari juda puxta
sistemadir. Kibernetik mashinaning biron joyi ishdan chiqsa, butun mashinaning ishi
to’xtab kolishi mumkin.
Kibernetik qurilmada ong bo’lishi mumkinmi? Fan va texnikaning har
qanday taraqqiyoti, shu jumladan kibernetik mashinalar taraqqiyoti ham insonlar
amaliy faoliyatining natijasidir. Fikr va sezgi, iroda va fe’l-atvor, umuman insonning
ruhiy faoliyatini tashkil etgan hamma narsa tabiat mahsuli, inson miyasining
xossasidan iboratdir. Miya esa o’z xolicha fikr qila olmaydi. Kibernetik qurilma
bilan inson miyasi o’rtasida katta tafovut bor. Inson miyasi kimyo, fizik
qonuniyatlar bilan bir qatorda biologik qonuniyatlarga, shuningdek ijtimoiy
qonuniyatlarga bo’ysunadi. Inson jamiyatdan ajralgan holda yashay olmasa, har
qanday kibernetik mashina esa, muayyan sharoitlarda mutlaq yolg’iz mavjud bo’la
oladi va o’z «qobiliyatlariga» zarar yetkazmaydi. Inson ongi esa ijtimoiy
munosabatlar doirasiga kirgandagina paydo bo’ladi va rivojlanadi.
Demak, inson ongi barcha ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas
bog’langan bo’lib, u haqiqatda ham jamiyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.
Shunday ekan, ong faqat inson miyasi faoliyatining mahsuli bo’lib, bunday narsa
kibernetik qurilmaning elektron miyasida hech qachon bo’lmagan va bo’lishi ham
mumkin emas. Kibernetik mashinalar bilan inson miyasida sodir bo’ladigan ayrim
jarayonlar o’xshash bo’lsa-da, lekin ular o’rtasida juda katta farq bor. Inson tabiatning
eng ulug’, ajoyib, qudratli ijodidir.
Shunday qilib, pirovardida inson aqli kibernetik mashinalarni ancha
takomillashgan holda ko’rishga imkon berdi. Bundan inson yaratgan mashinalar
insondan ustun turadi degan xulosa chiqarmaslik kerak. Chunki insonning o’zi
«aqlli» mashinalarni yaratadi va uni boshqaradi. Mashina insonsiz o’lik bir
narsadir.
Inson ongi tevarak-atrofdagi voqelikning taraqqiyotida faol ijodiy rol
Do'stlaringiz bilan baham: |