Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
409
o’ynaydi. Insonning ongi ma’lum bir maqsadga qaratilgan jarayondir. Inson tashqi olamga bog’liq. bo’lib, tashqi olam insonning butun faoliyatini belgilaydi, biroq u insonni qanoatlantirmaydi. Shuning uchun inson o’z amaliy faoliyati bilan tashqi olamni o’zgartirishga harakat qiladi, voqelikning rivojlanish qonuniyatlarini bilishga intiladi. Ongning faol roli shundaki, u ob’ektiv dunyo qonuniyatlarini aks ettiradi, anglaydi, ularni bilib oladi hamda ulardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanadi. Inson ma’lum bir maqsadni ko’zlab tabiatga ta’sir etar ekan, uni o’z manfaatlari yo’lida o’zgartiradi. Inson tabiat sirlarini tobora chuqurroq anglaydi va uning qonunlarini bilib boradi. Ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va takomillashuvi bilan, insoniyat bilimlari o’sishi bilan odamning tabiatga ta’siri kuchaya boradi. Kishilarning mehnati bilan bunyod etiladigan moddiy va madaniy boyliklar ko’payadi. Kishilar tabiat va ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini qancha chuqur va mukammal bilib olsalar, ularning amaliy faoliyati shuncha samarali bo’ladi. 8.3. Yuksak ong — inson bunyodkorlik faoliyatining omili Jamiyat taraqqiyoti quyi bosqichdan yuqori bosqichga, o’tmishdan kelajakka tomon rivojlanib borgani sari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotda xalq ommasining roli, g’ayrati, uyushqokligi ortib va chuqurlashib, inson amaliy faoliyati jadallashib boradi. Bu — umuminsoniyatga xos qonuniyatdir. Tarixiy maqsadlar ko’lami keng, inson shaxsi barkamol bo’lsa, u vijdonan mehnat qilsa, ijtimoiy-siyosiy ishlarda faol ishtirok etsa, jamiyatimiz shu qadar tez rivojlanadi va mustahkamlanadi. Insonning ijodiy tashabbusi, jonli ijodiyoti jamiyatimizning kuchi va hayotiyligining eng muhim manbaidir. Har bir jamiyat o’ziga munosib bo’lgan inson shaxsini yuzaga keltirganidek inson ham shu jamiyatning paydo bo’lishi va rivojlanishiga befarq qaramaydi. Shaxs ayni paytda atrof muhitga ta’sir ko’rsatish, uni o’zgartirish qobiliyatiga ham ega. Uning jamiyatga ta’siri maqsadsiz, rejasiz, ko’r-ko’rona faoliyat orqali amalga oshmaydi. Inson jamiyat qonunlarini, o’z hayoti sharoitlarini bilib olgan, ma’lum |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling