Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
436
huquq tizimini yanada liberallashtirish; uchinchidan, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo’yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirish; to’rtinchidan, davlatimiz tashqi siyosati ma’no- mazmuni va maqsadi O’zbekiston manfaati bilangina belgilanishi; beshinchidan, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish. Mazkur vazifalarni o’z vaqtida mustaqil taraqqiyotimizning har bir bosqichida amalga oshirib borilishi natijasida bugun huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati asoslari, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyot poydevori mustahkamlandi, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratildi, xalqaro maydonda O’zbekistonning nufuzi ortib bormoqda. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, eski boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechib, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tilgani, pul-kredit siyosati puxta o’ylab olib borilgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakati uchun yo’l ochib berilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash, inflyatsiyani prognoz ko’rsatkichlari darajasida saqlab qolish, eng muhimi, xalqimizning hayot sifati darajasini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” 1 olti 1
jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi -T.:“O’zbekiston”, 2010. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling