435
aviatransport, turizm hamda aholi migratsiyasining kuchayishi;uchinchidan,
kompyuter, Internet, sun’iy yo’ldosh orqali teleko’rsatuvlarni uzatish tizimining
mislsizdarajada rivojlanishi; to’rtinchidan, yangi kashfiyot va zamonaviy
texnologiyalar vositasida o’simlik va hayvonot olamida irsiyatni o’zgartirish orqali
oziq-ovqat ishlab chiqarish hamda o’ta xavfli irsiy kasalliklarni bartaraf etish
imkoniyati tug’ilayotganini e’tirof etish darkor. Ammo mazkur jarayonning salbiy
jihatlaridan ham ko’z yumib bo’lmaydi. Xususan, texnologik inqilob, haddan
tashqari sanoatlashtirish jarayonining sayyoramiz iqlimiga global ta’sir etishi
oqibatida insoniyat salomatligiga jiddiy xavf solmoqda. Madaniyatlarning bir
xillashuvi esa milliy davlatlar, turli xalqlar qadriyatlariga putur yetkazmoqda”
1
.Bu
hol
globallashuv
jarayonida
umuminsoniy
muammolarning keskinlashib
borayotganligidan dalolat beradi.
9.2. 2017-2021 yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish
bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi
Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatiga jamiyat hayotining barcha
sohalarini modernizatsiya qilish modellariga asoslangan holda, o’ziga xos
taraqqiyot yo’llarini izlash va amaliyotga tatbiq qilish xosdir. Bu borada
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan nazariy va
amaliy jihatdan asoslangan taraqqiyotning “O’zbek modeli” kontseptsiyasi
jamiyatni yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishga, uning dunyodagi
taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o’rin olishiga xizmat qildi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov mamlakatimiz rivojlanish strategiyasini
belgilashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan: birinchidan, parlamentning roli
va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari
o’rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishish; ikkinchidan, sud-
1
Transformation of Capitalizm. Economy, society and state in modern times. –London. 2000, -
p.419.
Do'stlaringiz bilan baham: |