Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
443
qabih usullardan foydalanadi. Bunda esa, milliy va diniy nizolarni keltirib chiqarish asosiy maqsad hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida davlat-huquqiy, etno-hududiy va etnodemografik zaminda 300 dan ortiq katta-kichik nizolar qayd qilingani ham ushbu fikrning tasdig’i bo’la oladi 1 . Bugungi globallashuv davrida millatlararo munosabatlarni oqilona amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash orqali tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlab borish g’oyasi davlatimiz birinchi rahbarlarining doimiy diqqat markazida bo’lib kelgan. Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining so’nggi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat sohasi”da yurtimizda fuqarolarimiz xavfsizligi, milliy va diniy bag’rikenglikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Zero, “Bag’rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”da qayd etilganidek, “Bag’rikenglik bo’lmasa, tinchlik bo’lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo’lmaydi”. Bag’rikenglikning ziddi “mutaassiblik”dir. Umumiy ma’nola “mutaassiblik”- bu bir g’oyaning to’g’riligiga qattiq ishonish va undan o’zgalarini keskin rad etishni anglatadi. Mazkur fenomenning xavfli jihati shundaki, u borgan sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va hatto terrorizmga aylanadi 2 . Butun dunyoda ekstremizm va terrorizm xavfi oshib borayotgan bugunni kunda mamalak atimiz barqarorligini ta’minlash 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilayotga n O’zbekistonda millatlararo birdamlik va jipslikni ma’rifat va ma’naviyat orqali saqlash taraqqiyot kafolati hisoblanadi. Shu ma’noda Harakatlar strategiyasi, uning barcha yo’nalishlarida 1
bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy–uslubiy risola.-T.: “Ma’naviyat”, 2017.- 210-bet. 2 O’sha joyda.-216-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling