Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

445
 
qoldiradi. Chunki yadro quroli qo’llansa, yer yuzidagi barcha tirik mavjudot 
qirilib, sivilizatsiya yo’q bo’lib ketadi, bunga hech qanday shak-shubha yo’q. 
Hozir dunyoda ilgarigi davlatlardagiga nisbatan yadro quroli va ularni 
tashish moslamalari ancha ko’pdir. AQSh bilan sobiq sho’ro hududidagi yadro 
qurollarining talofat kuchi 60 ming megatonnani tashkil qiladi. Olimlarning taxmin 
qilishicha, agar urush boshlanib, yadro qurollari qo’llaniladigan bo’lsa, bu holda 
uning faqat 12 ming megatonnagacha quvvatidan foydalaniladi. Solishtirish uchun 
ko’rsatish mumkinki, ikkinchi jahon urushida qo’llanilgan barcha portlatish 
qurollarining umumiy quvvati atigi 6 megatonnani tashkil qilgan. Boshqacha 
aytganda, yadroviy urush bo’ladigan bo’lsa, bunda portlash kuchi besh yil davom 
etgan ikkinchi jahon urushidagiga nisbatan ikki ming barobar ko’p bo’lib, u faqat 
bir yoki ikki kunda yuz beradi. 
Termoyadro qurollarining uchta texnik xususiyati insoniyatni, sivilizatsiyani 
katta xavf-xatar ostiga qo’yadi. 
Birinchidan, termoyadro quroli katta talofat kuchiga ega. 
Ikkinchidan, termoyadro quroli ishlab chiqarish qiymati oldingi urushda 
minglab foydalanilgan harbiy samolyotlarni ishlab chiqarishga sarflangan 
mablag’ga nisbatan ancha arzon. 
Uchinchidan, yadro raketa hujumidan himoyalanishga intilishning amaliy 
samara bermasligi. 
Yuqoridagi sabablarga ko’ra, termoyadro qurolidan foydalanish mumkinligi 
insonning genotip sifatidagi hamda insoniyat sivilizatsiyasining mavjudligini katta 
xavf-xatar ostiga qo’ymoqda. Dunyoda insonning biologik tur sifatida yashashiga 
bevosita xavf-xatar mavjud. 
Demak, butun insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolar — 
termoyadro qurolining qo’llanilishi va insoniyatning atom yong’ini natijasida 
halokatga duchor bo’lishi xavfini bartaraf etishdan iborat. Hozirgi paytda tinchlikni 
astoydil saqlash va mustahkamlashdan ko’ra, zarur va muhimroq vazifa yo’q. 
Tinchlik bo’lmasa taraqqiyot ham, tarixning o’zi ham bo’lmaydi, zero tinchlik 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling