Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

447
 
qilinishi tarafdorimiz. Bu O’zbekiston tinchliksevar mamlakat ekanligining yaqqol 
dalilidir. 
Dunyo aholisining to’xtovsiz qo’payib borayotganligi hozirgi davrning eng 
muhim xususiyatlaridan bo’lib hisoblanadi. Faylasuflar, sotsiologlar, demograflar 
jahon aholisining soni 2025 yillarga borib 8 milliardga yetishini taxmin 
qilmoqdalar. 
Hisob-kitoblarga qaraganda, kelajakda sayyoramiz aholisining teskari 
ravishda tabiiy boyliklar — neft, toshko’mir, torf, toza suv, unumdor tuproq sekin-
asta kamaya boradi. Agar chuchuk suv zapaslari bilan qiziqadigan bo’lsak, u 
unchalik ko’p emas. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, uning hajmi 35 million kub 
kilometrdir, ya’ni sayyoradagi umumiy suv hajmining 2 foizini tashkil etadi. Mana 
shu masalalarga oqilona yondashish ham hozir barcha xalqlarning oldida turgan 
dolzarb umumbashariy muammolar turkumiga kiradi. 
Hozirgi davrda butun insoniyatning oldida turgan yana bir muhim muammo 
— bu, qashshoqlikni tugatishdir. XXI asrning hozirgi bosqichida — fan va texnika 
gurkirab rivojlanayotgan, koinot o’zlashtirilayotgan davrda uzoq yillar davomida 
mustamlakachilik hukmronligi ostida kelgan mamlakatlardagi bir milliarddan 
ko’proq aholi oziq-ovqat yetishmasligi, yashash uy-sharoitining yo’qligi, tabobat 
xizmatining yomonligi tufayli qashshoqliqda hayot kechirmoqdalar. Keyingi o’n 
yilliklar mobaynida «uchinchi dunyo» deb atalgan mamlakatlarda qashshoqlik shu 
qadar keng yoyilgan va shu qadar kuchayganki, bu insoniyat uchun 
sharmandalikdan boshqa narsa emas.
2010 yilda bo’lib o’tgan BMT sammitining Ming yillik rivojlanish 
maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqda quyidagi ma’lumotlar keltirib 
o’tilgan: jahonda ochlik yoki u bilan bog’liq sabablar tufayli har 7 daqiqada 1 bola 
nobud bo’layotgani, to’yib ovqatlanmaslikdan azob chekayotganlar 5 yoshgacha 
bo’lgan barcha bolalarning 1/3 qismini, har yili to’yib ovqatlanmaslik tufayli 
dunyodan ko’z yumayotgan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 6 milliondan ortiq 
ekanligi, kuniga 1 AQSh dollaridan kam mablag’ hisobidan kun kechirayotganlar 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling