455
9.5. Mintaqamizdagi ekologik vaziyat
Insoniyat o’zining faoliyati tufayli ishlab chiqarish vositalarini taraqqiy
ettirish bilan bir qatorda ekologik vaziyatni nihoyatda keskinlashtirib yubordi.
Natijada ekologik inqiroz vujudga keldi. Havo va ichimlik suvlarining sanoat
chiqindilari bilan ifloslanishi, o’rmonlarning yo’qolib ketishi natijasida
tuproqning eroziyaga uchrashi, hayvonot dunyosining kamayib ketishi, tabiat
hodisalari o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, turli xom ashyolarning keskin
kamayib ketishi kabilar ekologik inqirozning yaqqol ko’rinishidir.
Ekologik vaziyatning nihoyatda keskinlashib ketganini O’rta Osiyo
mintaqasi misolida ham ko’rishimiz mumkin.
Hozirgi vaqtda O’rta Osiyodagi eng katta suv havzasi Orol dengizining
taqdiri ko’pchilikni tashvishga solmoqda. Insoniyat tarixi haligacha chorak asr
davomida bir avlod ko’z o’ngida havzasi 6 million gektardan ziyod va chuqurligi
69 metrgacha bo’lgan dengizning yer yuzasidan g’oyib bo’lib ketganligini bilgan
emas edi. Bugungi kunda Orol dengizi qariyb yarmigacha qurib bo’ldi. Suvi qurib
qolgan joylarda, ikki million gektarga yaqin qum va tuzdan iborat sahrolar paydo
bo’ldi.
Orol muammosi faqat O’zbekistonga yoki O’rta Osiyodagi mamlakatlarga
taalluqli mintaqaviy muammo bo’lib qolmay, umumbashariy muammo hamdir.
Orol bo’yidagi ekologik vaziyat keyingi vaqtlarda shu qadar keskinlashib, fojiali
tus olib ketdiki, undan nafaqat O’rta Osiyo xalqlari, balki butun kurraizamin
birin-ketin zarar ko’rmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 20
sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasida ishtirok etib, mazkur
sammitda Orol fojeasi aks ettirilgan xaritani namoyish etdi. Unga ko’ra, Orol
dengizi hajmi 13 martaga qisqardi; - maydoni 7 martaga qisqardi; - suv sathi 26
metrga pasaydi; - qirg’og’i yuzlab kilometrga chekindi;- suvning minerallashuvi
g’arbiy qismda 120 g/l, sharqida – 280 g/l. gacha yetdi. Tuz-changli shleyflar 400
Do'stlaringiz bilan baham: |