Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet408/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

458
 
Orolboʻyi zonasida muhofaza qilinadigan transchegaraviy tabiiy hududlar 
tashkil etishni taklif qilamiz. 
Yoʻqolib borayotgan hayvonlar, jumladan, qoplon,qulon, saygʻoq va boshqa 
noyob jonivorlarni saqlab qolish uchun qoʻlimizdan keladigan barcha ishlarni 
oʻzaro kelishib amalga oshirishimiz nihoyatda muhim ahamiyatga ega. 
Toʻrtinchi. Suvni tejash, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va 
ulardan oqilona foydalanish masalalaridagi mintaqaviy hamkorlik darajasini keskin 
oshirish lozim. 
Biz Orol dengizi hududidagi suv resurslaridan foydalanish boʻyicha oʻzaro 
maqbul hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish uchun barcha zarur sharoitlarni 
yaratishga va Oʻzbekistonda ushbu masalaga bagʻishlangan mintaqaviy 
konferensiya oʻtkazishga tayyormiz. 
Oʻylaymizki, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish 
boʻyicha mintaqaviy dastur qabul qilinishi mazkur konferensiyaning eng muhim 
natijasi boʻladi. 
Beshinchi. Bugungi kunda ilmiy kooperatsiyani samarali rivojlantirmasdan 
oldimizda turgan muammolar yechimini taʻminlashning iloji yoʻq”. 
Mintaqamizda ekologik vaziyatning murakkablashib borayotganligi 
haqida so’z yuritganda yana shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, paxtani 
yetishtirish uchun ko’p miqdorda va bir necha yillar mobaynida ishlatilgan 
zaharli kimyoviy moddalar tufayli, yer, suv, havo zaharlandi. Oqibatda necha 
minglab kishilar oshqozon ichak, sariq kasalliklariga mubtalo bo’lishdi. 
Mustaqillik tufayli bu masalani ham hal qilishda ma’lum darajada ijobiy 
o’zgarishlar yuz bermoqda. Paxta zararkunandalariga qarshi zaharli kimyoviy 
moddalarni 
ishlatish 
o’rniga 
biologik 
usullardan 
foydalanilmoqda. 
Paxtazorlarning ko’lamini kamaytirish hisobiga don mahsulotlarini yetishtirish 
yo’lga qo’yilmoqda. Bularning hammasi o’z navbatida, ekologik vaziyatni 
yaxshilashga zamin yaratmoqda. 
O’rta Osiyo mintaqasi uchun xos yana bir vaziyat shundan iboratki, 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling