456
va undan ziyodroq kilometrlarga yetadi, chang dovullar harakat radiusi – 300
km.gacha va undan ko’proq masofaga yetib boradigan bo’ldi. Har yili bu yerdan
atmosferaga 100 mln. tonnagacha tuzli changlar ko’tariladi. 80-yillar boshidan
bunday dovullar yiliga 90 kundan ortiq vaqt davomida tez-tez sodir bo’ladigan
bo’ldi. Dengiz tirik organizmlar yashashi uchun, yaroqsiz ahvolga kelgan, Orol
dengizi hududidagi qariyb barcha hayvonot va nabotot olami tanazzulga uchradi va
yo’qoldi
1
.
BMT mutaxassislarining fikriga ko’ra, Orol muammosi o’zining ekologik
va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari jihatidan XX asrning eng katta ofatlaridan biri
bo’lib qoldi.
Orol dengizining qurishi bilan bog’liq bo’lgan falokatlar hozirgi avlodgagina
emas, kelgusi avlodlar va butun insoniyat uchun ham o’ta xavfli va xatarlidir.
Orol
dengizi inqirozi oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi hududini rivojlantirish
boʻyicha 2013-2017-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi
doirasida 500 tadan ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan koʻpi milliy
loyihalardir.
Orol muammosi ham milliy, ham mintaqaviy va ham jahonshumul
muammodir. Shuning uchun ham Orol bo’yidagi ekologik falokat oqibatlarini
bartaraf etish, Orol dengizini qutqarish bo’yicha birgalikda chora-tadbirlarni
amalga oshirish mintaqalararo hamkorlik doirasida alohida ahamiyatga ega.
2018-2021-yillarda Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha Davlat dasturi
qabul qilindi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson
xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida trast fondini tashkil etish
borasidagi tashabbusni ilgari surdi va bu BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
2018 yilning iyun oyida Toshkent shahrida Orol fojiasi oqibatlarini
yumshatishga bagʻishlab oʻtkazilgan xalqaro konferensiyaning asosiy xulosa va
1
Mirziyoyev Sh.M. BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasida so’zlagan nutq // “Xalq
so’zi”, 2017 yil 20 sentyabr.
Do'stlaringiz bilan baham: |