457
tavsiyalarini hisobga olgan holda, oʻzaro hamkorlik borasida ustuvor ahamiyatga
ega boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarga alohida urg’u berildi.
Birinchi. Mintaqamizda noqulay ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash
uchun qatʻiy va nostandart chora-tadbirlar zarur.
Shu munosabat bilan, O’z R Prеzidеnti Sh.Mirziyoyev Orolboʻyi hududini
Ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi, deb eʻlon qilish masalasini koʻrib
chiqishni taklif etdi. “Bu tashabbus, dеb tа’kidlаdi Sh.Mirziyoyev,- bizning
umumiy kuchimizni quyidagi maqsadlar boʻyicha birlashtirishga yoʻnaltirilgan:
-ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga xorijiy
investitsiyalarni jalb etish uchun sharoit yaratish;
-“yashil iqtisodiyot”, ekologik toza, energiya va suv tejaydigan
texnologiyalar tamoyillarini kompleks tatbiq etish;
-choʻllanish va ekologik migratsiyaning davom etishiga barham berish;
-ekoturizmni rivojlantirish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ikkinchi. Qum koʻchkilarini mustahkamlash, Orolning qurigan qismidan
havoga zaharli aerozol changlari koʻtarilishini kamaytirish masalalari bizning
eʻtiborimiz markazida boʻlishi zarur.
Shu maqsadda choʻl sharoitiga chidamli va ozuqa oʻsimliklari koʻchatlarini
yetishtirish boʻyicha Mintaqaviy markaz tashkil qilishni taklif etamiz.
Bizning olimlarimiz bergan maʻlumotlarga koʻra, 10-12 yil davomida
dengizning qurigan qismini daraxtzor va butazorlarga aylantirishimiz mumkin.
Bundan tashqari, yangi unumdor yaylovlar yaratishga qurbimiz yetadi, bu
chorvachilikniizchil rivojlantirish va oʻn minglab odamlarni ish bilan taʻminlash
imkonini beradi.
Mintaqaviy markaz esa ehtiyoj katta boʻlgan mutaxassislar tayyorlash
boʻyicha oʻziga xos noyob ilmiy-taʻlim bazasiga aylanadi.
Uchinchi. Mintaqamizning noyob hayvonot dunyosini saqlash masalasi. Bu
masalada ham umummintaqaviy yondashuv zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |