454
Jamiyatning tabiatga ta’siri hamisha oliy maqsadga muvofiq oqilona
bo’lishi kerak. Agarda buning aksicha bo’ladigan bo’lsa, tabiat insondan juda
qattiq o’ch olishi, qo’lga kiritgan barcha yutuqlarini yer bilan yakson qilib
yuborishi hech gap emas.
Ko’rinib turibdiki, tabiatni muhofaza qilish hozirgi davrning eng o’tkir va
dolzarb umumbashariy muammolaridan biridir. Buning ma’nosi nimadan iborat?
Tabiatni muhofaza qilish insoniyatning ertangi kuni haqida g’amxo’rlik qilish, yer
yuzidagi barcha insoniyat uchun muqaddas dargoh hisoblangan sayyoramizning
taqdiri to’g’risida jon kuydirish, uni tinch totuv holatda saqlab qolish demaqdir. Bu
— inson uchun zarur bo’lgan barcha noz-ne’matlar manbai - yerni sevish va
ardoqlash, uning kasallanib yaroqsiz bo’lib qolishiga yo’l qo’ymasliqdir. Bunday
sharafli va olijanob ishdan o’zini chetga oladigan biron kishi, elat va millat, biron
bir mamlakat bo’lishi mumkin emas.
Tabiiy muhitni muhofaza etishni yoki boshqacha aytganimizda, ekologik
xavfsizlikka alohida e’tibor berishni paysalga solib bo’lmaydi. Bu sohadagi
hozirgi ahvol tahlikali bo’lib turibdi. Vaziyat zudlik bilan harakat qilishni taqozo
etmoqda.
Tabiatga mehr-muhabbat bilan yondashish, tevarak atrofni, suvni, havoni,
tuproqni, hayvonatu nabotatni asrab-avaylash haqida islom ta’limotida ham muhim
g’oyalar mavjud. Biz yashayotgan koinotdagi, yer yuzidagi barcha noz-
ne’matlarning qadriga yetish, ularni e’zozlash, ularni asrash, isrof qilmaslik har bir
mo’min-musulmonning burchidir.
Qur’oni Karim oyatlarida, Payg’ambarimiz hadislarida hayvonot va nabobat
olami va atrofimizni o’rab turgan boshqa narsalarni to’la-to’kis himoya qilish,
saqlash ularni buzmaslik, isrof qilmaslik to’g’risida dastur va amaliy maslahatlar
mavjud, ularni doimo esda tutishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |