Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

450
 
rivojlantirish yo’li bilan xalqlar o’rtasidagi yangi munosabatni tiklashdir. 
Irqchilik, millatchilik avj olgan davlatlarda inson huquqlari va erkinliklari 
muqarrar ravishda cheklanadi, totalitar sistema barpo etiladi, natijada ruhiy, vijdon 
erkinligi oyoq osti qilinadi, inson hayotining o’zi xavf ostida qoladi
1
.
Gitlerizm, stalinizm tizimlarining oqibatida necha millionlab kishilar halok 
bo’ldi. 
Hozirgi mamlakatlar o’rtasida yangicha munosabatlar rivojlanmoqda, ular 
demokratiya, oshkoralik, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlashga 
qaratilgan. Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy aloqalarning 
rivojlanishi ham ana shu umuminsoniy manfaatlarni qo’llab-quvvatlashga bog’liq 
bo’lib qolmoqda. 
Hozirgi zamondagi mavjud mamlakatlarning bir-biridan farqi, ularning 
taraqqiy darajasi xususiyatlari, eng avvalo, insonning huquq va erkinliklari qanday 
darajada himoya qilinayotganligi, demokratik jarayonning rivojlanishi bilan 
belgilanmoqda. Ular o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy aloqalarning 
rivojlanish istiqbollari ham ana shular bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun ham 
inson huquqini va erkinligini ta’minlash, demokratiyani yanada rivojlantirish 
barcha inson va insoniyatning oldida turgan dolzarb muammolar bo’lib qolishi 
ham bejiz emas. 
Ma’lumki, insoniyat kelajagi uning fan-texnika yutuqlaridan qay darajada 
unumli foydalana olishiga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi hech kimga sir emas. 
Hozirgi zamon fan-texnikasida bir-biriga tubdan qarama-qarshi bo’lgan ikki xil 
imkoniyat — yer yuzidagi jamiki jonli mavjudotni batamom qirib tashlash hamda 
insoniyat manfaatlari uchun xizmat qilish imkoniyatlari mavjud. Ana shu 
imkoniyatlarning qaysi biridan foydalanish masalasi fan-texnika inqilobining 
o’ziga emas, balki ijtimoiy tuzumning xususiyatiga, fan-texnika yutuqlaridan 
oqilona foydalanishga bevosita bog’liqdir. Boshqacha aytganda, fan-texnika 

1
Bu haqda qarang: Boboyorov B.N. Uniki. National terrorism as a threat to the democratic 


society // Научный журнал «PYXIS» №3 (3)/2016.- С.Петербург.С.74-79.  





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling