Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
449
etadi. Fan-texnika rivojlanishi bilan bir qatorda hozirgi ko’p joylarda yurak va qontomir kasalliklari, saraton, OITS, narkomaniya va shu kabi kasalliklar avj olib ketayapti. Bu o’z navbatida insoniyatning kuch-quvvatlarini to’plab, fan yutuqlaridan foydalanib, yuqorida ko’rsatilgan kasalliklarni yo’q qilish yo’llarini aniqlab olishni talab qilmokda. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti, jumladan, Butunjahon Sog’liqni saqlash Tashkiloti (VOZ)ning faoliyatini yanada jonlantirish katta ahamiyatga egadir. Xalqaro terrorizm, korruptsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, nashavandlik, alkogolizm, xatarli kasalliklarning (OITS, saraton va hokazolar) oldini olish, ularni tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, maorif va ijtimoiy ta’minot, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlardan oqilona foydalanish kabi muammolar ham jahon mamlakatlarining oldida turgan umumbashariy muammolardir. Dunyodagi barcha mamlakatlarga taalluqli bo’lgan umumbashariy muammolardan yana biri — insoniyatning energiyaga nisbatan to’xtovsiz o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish yo’llarini izlab topishdan iboratdir. Energiya xom ashyosi masalasi shuning uchun ham jahon ahamiyatiga ega bo’lgan muammolardir, inson usiz hayot kechira olmaydi. Energiya insoniyat uchun o’ta zarur hisoblangan materiallarni, tabiat yaratmagan moddiy buyumlarni ishlab chiqarish va yaratish imkoniyatini beradi. Demak, energiyasiz inson taraqqiyotini tasavvur qilib bo’lmaydi. Tabiat energiyaga boy. Fan yutuqlariga suyangan holda shuni aytish mumkinki, tabiiy energiya manbalari — ko’mir, neft, yonuvchi slanets, gaz va boshqa tabiat boyliklari yer bag’rida har qancha ko’p bo’lgani bilan bitmas-tugunmas manba emas. Shuning uchun respublikamizda ham ulardan oqilona tejab-tergab foydalanish lozim. Tabiat va uning boyliklarini ko’z qorachig’iday saqlash umuminsoniyatning eng muqaddas burchidir. Umuminsoniyat oldida turgan yana bir muhim muammo bu irqchilik, millatchilik, fashistik totalitar tuzumlar xavfi avj olib ketishiga yo’l qo’ymasliqdir, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash, demokratiya, oshkoralikni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling