Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
446
insoniyat turmushining tub shartidir. Yadro urushida g’olib bo’lmagani kabi qurollanish poygasida ham yutib chiqish mumkin emas. yer yuzidagi bunday poygani davom ettirish, ayniqsa, uni kosmosga ham yoyish yadro qurolini takomillashtirish suratini yana ham tezlashtiradi. yer yuzidagi vaziyat bundan keyin siyosatchilarga bog’liq bo’lmay qolishi mumkin, u tasodifning «quli» bo’lib qoladi. Modomiki, yadroviy urushning oldini olish, tinchlikni saqlash umuminsoniyatning oldida turgan dolzarb vazifa ekan, unga erishish uchun jahondagi hamma kuchlar, harakatlar birlashtirilishi lozim. Insoniyatning o’z- o’zini saqlab qolishi, uning bugun, ertaga, hamisha baxt-saodatli bo’lishi uchun uning kuch-g’ayratlarini birlashtirishga ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Bundan biz bir-birimizga bog’liq ekanligimizni, dunyoning yaxlitligini yaqqolroq ko’ryapmiz. So’nggi davrlarda Chernobil, Yaponiya atom stantsiyalarida yuz bergan avariyalar, atom qurollarini sinovdan o’tkazuvchi harbiy tomonlarining atrof-muhitga, aholiga ko’rsatilayotgan salbiy ta’siri, radioaktiv chiqindilarni saqlash va shu kabi muammolar turli mamlakatlarda yashovchi kishilarning taqdiriga daxldor ekanligidan yaqqol dalolat beradi. Keltirib o’tilgan dalillar urush va tinchlik muammosi hozirgi zamonning har qanday umumbashariy muammosini ijobiy va oqilona yechishning zarur sharti va asosi ekanligini ochiq-oydin ko’rsatib turibdi. Shuni e’tiborga olgan holda hozirgi kunda mintaqada barqarorlik va milliy xavfsizlik kafolatlarining shart-sharoitlarini aniqlash va ta’minlash g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbarlari e’tirofiga ko’ra, biz davlatlarning tinch-totuv yashash, xalqaro masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik, tahdid qilmaslik tamoyilini tashqi siyosatimizga asos qilib olganmiz. O’zbekiston muddati 1995 yilda uzaytirilishi lozim bo’lgan yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomani, yadro qurolini yo’q qilib tashlash to’g’risidagi shartnomaga aylantirish tarafdoridir. Shuningdek, biz xuddi kimyoviy qurollar bo’yicha qabul qilingan shartnoma kabi biologik qurollarni ham ta’qiqlash to’g’risidagi shartnoma qabul |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling