Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
462
Ayni paytda barcha xalqlar uchun munosib, chinakam insoniy turmushning moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarini yaratish, sayyoramizdagi hayotni ta’minlash, uning boyliklariga, avvalo eng katta boylik — insonning o’ziga, uning imkoniyatlariga avaylab munosabatda bo’lish — davrimizning dolzarb muammolariga aylanib qolganligi bejiz emas. Inson taqdirining butun insoniyat istiqboli bilan mushtarak ekanligi xalqimiz ongiga singib ketgan. Shuning uchun ham ular mintaqamizdagi qo’shni mamlakatlar bilan bir qatorda jahon xalqlari bilan ham yaxshi qo’shnichilik va o’zaro hurmat-izzatda bo’lishiga doimo intilib kelganlar. O’zbeklar azal-azaldan ko’hna Turkiston zaminida qozoqlar, tojiklar, turkmanlar, qirg’izlar bilan yelkama-yelka, bir tanu bir jon, aka-uka, do’st-birodar, qon-qarindosh bo’lib yashamoqda. O’lkamizdagi moddiy va ma’naviy madaniyatni yaratish va rivojlantirishga ular o’z hissalarini qo’shganlar, mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi hamkorlikda kurashganlar. Hamkorlikda yashash, hamkorliqda mehnat va ijod qilish, hamkorlikda kurashish, bir-birini qo’llab- quvvatlash, yaxshi kunlarda ham, og’ir paytlarda ham birga bo’lish ularning hammasiga xos umumiy fazilatdir. Bu — ularga avlodlar merosi, tarixan xos xususiyatdir. Buni umumiy chegaralargina emas, til va urf-odatlar, an’analarning yaqinligi, dini va dilining birligi, madaniyati va turmush tarzining, maishiy hayoti va ishlab chiqarish faoliyatlarining deyarli bir xil ekanligi belgilab beradi. Bir necha ming yillardan beri yagona bir hududda o’zaro do’stlik va hamkorlikda yashab kelgan o’zbek, tojik, qozoq va qirg’izlar sobiq sho’ro tuzumi davrida bir-birlaridan deyarli ajratib tashlangan, iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalari uzilib qo’yilgan edi. Shuning uchun ham ular o’zaro uzoqlashib qolishgandi. O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston singari qardosh respublikalar o’rtasidagi iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalar Markaz ijozatisiz amalga oshmasdi. Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini, xalqlarning xohish-irodasini nazar-pisand qilmaslik, turmush voqealari, xalqlarimizning talab-istaklariga ilmiy, odilona |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling