470
bo’lib, kirib borish, to’ldirish, o’zaro yaqinlashish ma’nosida ishlatiladi) — butun
hozirgi olamshumul jarayon bo’lib, har bir xalq va davlatning porloq istiqboli
umuminsoniy sivilizatsiya yo’lidagi barcha kuch-harakatlarini birlashtirishga
ko’maklashadi.
Ma’lumki, asrimizning bir necha o’n yilliklari mobaynida Yevropa bilan
Osiyodagi mamlakatlar, G’arb bilan Sharq, bir-biriga dushmanlik nuqgai nazaridan
qarab keldi.
Hozirgi paytda jahonda shunday bir vaziyat vujudga keldiki, dunyodagi
ko’pchilik mamlakatlar o’zlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyot
darajalarining har xilligi, rivojlanishning turlicha bosqichlarida ekanliklari, hatto
mafkuraviy qarashlardagi farqlarga qaramasdan o’zaro yaqinlashmoqdalar.
Hozirgi paytda o’tmishdagi o’zaro dushmanlik va ixtiloflar siyosatidan
hamkorlikka o’tish amalga oshirilmokda. Bu siyosiy xalqaro munosabatlarda keng
qo’llanilmoqda. Dunyodagi bir qancha eng yirik va qudratli boshliqlar
(prezidentlar), turli siyosiy partiyalar, ijtimoiy tashkilotlar, korxonalar, kontsernlar,
ommaviy harakatlar rahbarlari, diniy arboblar, mutaxassislar o’zaro uchrashib bir-
birlariga yon berib xalqaro munosabatlarda yuzaga kelgan eng dolzarb masalalar,
muhim hayotiy muammolarni tinch yo’l bilan hal qilishni bahamjihat kelishib
olmoqdalar. Davlatlar va xalqlar o’rtasida yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikni
kuchaytirish to’g’risida ikki tomonlama va ko’p tomonlama o’zaro bitimlar va
majburiyatlar qabul qilinib turibdi.
«Jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot, odamlar dunyoqarashining
o’zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi
va uning odamzod hayotiga ta’siri davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro
birlashishga intilishni kuchaytirmoqda. Ayni vaqtda milliy xususiyatlar va
an’analarni, siyosiy va ma’naviy merosni saqlab qolish tamoyillari ham yaqqol
sezilmoqda»
1
.
1
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.-
T.:“O’zbekiston”,1995.-59-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |