Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet421/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

471
 
Insoniyatni qiziqtirib kelayotgan umumbashariy, milliy, mintaqaviy va 
boshqa muammolarni ilgarigidek ixtiloflar yo’li bilan hal qilib bo’lmaydi. Shu 
jihatdan qaraganda, ixtiloflar emas, sog’lom kuchlarni birlashtirish, qarama-
qarshiliklarning birligi yuzaga kelgan muammolarni hal qilishning muhim omili 
ekanligini jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichi ko’rsatib va amalda isbotlab 
turibdi. 
Shuning bilan bir qatorda jahonda mulkiy tengsizlik — sanoati rivojlangan 
mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovut va ziddiyatlar 
kuchaymoqda. Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko’rinadi. Ya’ni, 
tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boyligi hisoblansa 
ham, sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o’z 
qo’liga olishga intilmoqdalar. Qolaversa, ilmiy va texnikaviy bilimlar
shuningdek, ilg’or texnologiyalar sohasida, erkin sarmoyani to’plash va 
joylashtirish sohasida ham juda katta tafovutlar mavjud. 
Hozirgi zamon tarixiy jarayonlarining asosiy belgilaridan yana biri — 
dunyodagi aksariyat mamlakatlarning, xususan, yaqinda mustaqillikka erishgan 
davlatlarning eng kuchli, eng katta xalqaro banklar, nufuzli xalqaro tashkilotlarga 
teng huquqli a’zo bo’lib kirib kuch-g’ayratlari va iqtisodiy imkoniyatlarini 
umumiy maqsadlari yo’lida birlashtirayotganliklaridadir. Buni O’rta Osiyo 
mamlakatlari, jumladan, O’zbekiston Respublikasi misolida ko’rish mumkin. 
Qisqa vaqt ichida respublikamiz ko’pgina nufuzli xalqaro tashkilotlarga
xususan BMTga, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa qayta tiklash va 
taraqqiyot banki, Iqtisodiy hamkorlik Tashkiloti va boshqa shu kabi mashhur 
xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi. Hozirgi davr uchun xos 
bo’lgan yana bir xususiyat shundan iboratki, fan va texnikaning eng yangi 
yutuqlariga asoslangan zamonaviy texnologiya — sanoat va qishloq xo’jaligining 
barcha sohalariga joriy etilmoqda. Bu esa o’z navbatida jamiyatning ildam odimlar 
bilan olg’a taraqqiy etishiga zamin yaratmoqda.






Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling