Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari:“Qayta tiklashga ehtiyoj bormi?” Prezidentlik voizi Ibrohim Kalinning Daily Sabah gazetasida chop etilgan maqolasi…
Download 20.69 Kb.
|
turkiya yevropa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiya-Yevropa Ittifoqi shartnomasiga 13 davlatning amal qilmagani kuzatildi
- Mart oyida Buxarestda Turkiya va Yevropa Ittifoqi sammiti boʻlib oʻtadi
Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari:“Qayta tiklashga ehtiyoj bormi?”Prezidentlik voizi Ibrohim Kalinning Daily Sabah gazetasida chop etilgan maqolasi…07.10.2017 ~ 23.04.2019 Prezidentlik voizi Ibrohim Kalinning Daily Sabah gazetasida chop etilgan maqolasi…
Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari: “Qayta tiklashga ehtiyoj bormi?” Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarini qayta tiklash, yevropalik yetakchilarning bundan buyon tengsizlik va adolatsizlik asosida biron aloqani davom ettirib bo’lmasligiga iqror bo’lishi bilan bog’liq. Turkiya Yevropa Ittifoqiga qo’shilish uchun 2005 yildan beri nomzod davlat statusiga ega. Turkiyaning Yevropa bilan bo’lgan munosabatlarida bir paytlar katta kelajak va’da qilgan bu jarayon 12 yil oldin hech kimning aqliga ham kelmaydigan shaklda ishonch yo’qotish va umidlarni puchga chiqarishga olib keldi. Mintaqaviy va mahalliy muammolar hamda inqirozlar Turkiya bilan ba’zi Yevropa davlatlari o’rtasidagi aloqalarga putur yetkazdi. Bu esa, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish jarayonini sekinlashtirdi. Shubhasiz, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarini tubdan isloh qilishga ehtiyoj bor. Bu faqatgina ikkala tomonning bir-biriga nisbatan adolatli, haqqoniy va teng munosabatda bo’lishi bilan ro’yobga chiqadi. Turkiyaga nisbatan qattiq tanqidlar ba’zan, foyda olib kelishi mumkin, lekin hech kimga tinchlik, xavfsizlik va farovonlik keltirmaydi. Qisqasi, bugungi kunda duch kelgan muammolar Turkiya va Yevropa chegaralaridan ham oshib, global inqirozlar avj olgan bir davrda musulmon va g’arb jamiyatlari o’rtasidagi aloqalarga ham ta’sir ko’rsatmoqda. Islom va g’arb olami insoniyatning mushtarak manfaatlariga hizmat qilmagunicha, dunyoda tinchlik ta’minlab bo’lmaydi, shuningdek o’zaro hurmat va hamjihatlikda tinch-totuv yashash madaniyatini barpo etib bo’lmaydi. Ba’zi Yevropa davlatlarida Turkiyaga nisbatan dushmanlik ichki siyosatning asosiy unsurlaridan biriga aylandi. Lekin, 10 yil oldin nazar pisand qilinmagan bu muammo bugungi kunga kelib asosiy siyosatning bir bo’lagiga aylandi. Aytish joizki, Yevropada Erdo’g’anga nisbatan dushmanlik nafaqat Yevropa davlatlari bilan bo’lgan munosabatlarimizga, balki Yevropa Ittifoqi chegaralari tarkibida yashagan millionlab turk vatandoshlarini ham xavf ostiga qo’ymoqda. Turkiya hozirgi kunda 1963 yillardagi Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo’lmoqchi bo’lgan eski Turkiya emas. Aholimiz 1960 yillardan buyon 3 barobarga ko’paydi, yalpi ichki mahsulotimiz esa 1963 yildan beri 80 barobarga oshdi. Ayni paytda, bugungi Yevropa ham 2000 yillardagi Yevropa emas albatta. Bugungi kunda eski qit’a neo-nazi ekstremizmi, ko’chmanchi va musulmonlarga nisbatan nafrat aybi bilan yodga olinmoqda. Yevropada tezkor ravishda salbiylashib borayotgan xavfsizlik muhiti, ba’zi Yevropa davlatlarining Turkiyani ittifoqqa qabul qilmaslik sa’y-harakatlari natijasida turk xalqining Yevropa Ittifoqiga qo’shilish umidini kamaytirdi. Yevropalik xalqparvarlar madaniyatimizni, saylangan yetakchilarimizni va manfaatlarimizni nishonga olar ekan, bu zamon ichida Turkiya doimo ijobiy va konstruktiv munosabatda bo’ldi. Oxirgi marta, Turkiyada 2017 yilning aprel oyida o’tkazilgan konstitutsiya referendumidan so’ng, prezident R.T.Erdo’g’an Germaniya kanstleri Angela Merkel va boshqa yevropalik yetakchilar bilan uchrashib, munosabatlarda yangi sahifa ochishga harakat qildi.
Erdo’gan ushbu uchrashuvlarni, Nemis hukumati va boshqa Yevropa davlatlarining, PKK va FETO a’zolari ham bo’lib konstitutsiyaga qarshilik ko’rsatganlar va islohotchilarning sasini, o’z hududlarida isqtiqomat qilgan turk fuqarolarining sasini bostirib Turkiya ichki ishlarishi aralashish yo’li bilan amalga oshirmoqda. Referendumdan keyin YI vakillari bilan Brusselda bolib o’tgan uchrashuvda Turkiya-YI aloqalarini qayta tiklash mavzusida qat’iylik ko’rsatdi. Lekin Yevropada o’ng tomonning og’ir bosgani uchun, bir o’zgarish bo’lmadi. O’tgan oy Germaniyada o’tkazilgan saylovlar yana bir bor Turkiya va prezident Erdo’g’anga qarshi nafrat tarqalib borganini, biroq bu ham o’ng tomonning Yevropada avjlanishiga to’sqinlik qilmaganini ko’rsatdi. Yevropada partiyalar saylov kampaniyalarida Turkiya bilan aloqali salbiy bayonotlar berishlariga qaramasdan, saylov natijalari haqiqatni ko’rsatmoqda: Germaniya bosh vaziri Angela Merkelning partiyasi CDU/CSUni 2013-yili dastaklagan 1 milliondan ko’p saylovchi, bu gal irqchi AFD tomoniga o’tgani kuzatildi. Asosan sobiq sharqiy germaniyada, o’ng va so’l radikal guruhlar, markaziy partiyalarni o’tishga boshladi. Aytish joizki radikal partiyalarning nemis iqtisodiyotiga ijobiy hissa qo’shishi, ayrim mavzularni so’roqqa tutishga olib keldi. Yon berish va bostirish siyosati bundan oldin ham yaxshi natija bermagan. Turkiya, YI a’zoligini, siyosiy iqtisodiy va xavfsizlik jihatidan strategik deb baholamoqda. Turkiya, Yevropaning xavfsizligi uchun alohida ahamiyatga ega. Lekin ikki yuzlamachi, tahditkorona va dushmanona uslubi esa qabul qilinmay. Turkiya-YI aloqalari, qachonki ko’chmanchilar mavzusidagi haqsizlikni qabul qilsa shunda tiklanadi. Turk xalqining demokratik qarorlarini hurmat qilish va teng uslub izlashi kerak. Xavfsizlik, o’zro hurmat va hamkorlikka tayangan aloqalar, hammaning manfaatlariga xizmat qiladi. Lekin bu bir tomonli bo’lmaydi, buni butunlay Turkiyaning zimmasiga tashlab qo’yish haqsizlik. Yevropa har qaysi sabab bilan Turkiya yoki boshqa mamlakatga sirti bilan tursa, bu davlatlarning boshqa yo’llar izlashi tabiiy holatdir. Buning o’rniga Yevropa 21. Asrdagi haqiqatlarni ko’rib harakat qilganda boshqalaridan ko’p o’z manfaatlariga putur yetkazgan Yevropa markazli tushunchani davom ettirish uchun harakat qilmoqda va Turkiyaning haqli qayg’ulari bilan manfaatlariga e’tibor bermayapti. Turkiya-YI aloqalarini qayta tiklaydigan muhitning bo’lishi faqat adolatli, teng huquq tamoyillari, ishonchli va hurmat kabi qadriyatlar bilan amalga opshirilishi mumkin. Turkiya-Yevropa Ittifoqi shartnomasiga 13 davlatning amal qilmagani kuzatildiYevropa komissiyasining 2016 yilda tuzilgan Turkiya-Yevropa Ittifoqi qayta qabul qilish shartnomasi bilan bog’liq 7-hisoboti e’lon qilindi.02.10.2017 ~ 22.04.2019 Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida tuzilgan qayta qabul qilish shartnomasiga 13 nafar Yevropa mamlakati amal qilmagani ma’lum bo’ldi. Yevropa komissiyasining 2016 yilda tuzilgan Turkiya-Yevropa Ittifoqi qayta qabul qilish shartnomasi bilan bog’liq 7-hisoboti e’lon qilindi. Hisobotda Turkiyaning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash jarayoni bilan bog’liq ma’lumotlar o’rin oldi. Hisobotga ko’ra, 8834 nafar Suriya fuqarosi Turkiyadan olinib, Yevropa Ittifoqiga a’zo 15 davlatga tarqatildi. Yevropa Ittifoqiga a’zo 13 davlat Turkiyadan qochqin qabul qilmadi. Bular Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya Respublikasi, Daniya va Buyuk Britaniya davlatlari bo’lib hisoblanadi. Yunonistondan Turkiyaga jo’natilgan qochqinlar soni esa, 1896 nafarni tashkil qiladi. Hisobotga ko’ra, shu yilning 9 iyun-31 avgust oralig’ida Turkiyadan Yunonistonga o’tishga uringan qochqinlar soni kunda taxminan 93 kishiga kamaygan. Turkiya va Yevropa Ittifoqi o’rtasida tuzilgan shartnomadan oldin, 1150 kishi Egey dengizida nobud bo’lgan edi, shartnoma tuzilgach bu raqam 113 nafarga pasaygan. 2016-2017 yilda Yevropa Ittifoqidan Turkiyaga beriladigan 3 mlrd evro mablag’ning 1 mlrd 664 mln evrosi 48 nafar loyiha uchun ajratildi, buning faqatgina 838 mln evro qismi Turkiyaga jo’natildi xalos. Mart oyida Buxarestda Turkiya va Yevropa Ittifoqi sammiti boʻlib oʻtadiBu haqda Ruminiya tashqi ishlar vaziri va ayni paytda Yevropa Ittifoqi Kengashining amaldagi raisi Teodor Meleshkanu xabar qildi. Turkiyaning Daily Sabah gazetasi xabariga koʻra, Buxarest Turkiyaning Yevroittifoqqa kirishiga oid muzokaralarni qoʻllab-qoʻllaydi. Sammit mart oyining boshida boʻlishi kutilmoqda. Vazirning aytishicha, Ruminiya tomoni Turkiya va Yevroittifoq muzokaralarini muvofiqlashtirishga harakat qiladi. Download 20.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling