Tarix 7-nazorat testi
Download 19.95 Kb.
|
Tarix 28
Tarix 7-nazorat testi 28.03.2022 1. Odamlar kulolchilik charxi va g`ildirakni qachon kashf etdilar ? A) Bronza davrida B) Tosh davrida S) Mis-tosh davrida D) Temir davrida 2. Hududiy qo`shnichilik jamoasi degan ma`noni beruvchi atamani toping ? A) Vis B) Varzana S) Zantu D) Daxyu 3. Qadimgi Misrda dehqonlar nima uchun iyul –sentabr oylarida dam olishgan ? A) Dalalarni suv bosgani uchun B) Havo issiq bo`lgani uchun S) Yog`ingarchilik ko`p bo`lgani uchun D) Urug`likni ekishga hozirlaganlari uchun 4. Dajla va Frot daryolari oralig`idagi joylarni kimlar Mesopotamiya deb nomlashgan ? A) Akkadlar B) Shumerliklar S) Ashshurlar D) Yunonlar 5.Qachon hozirgi Eron hududida Ahomoniylar sulolasiga mansub shohlar davlatga asos slogan ? A) Mil avv VI asr B) Mil avv VII asr S) Mil avv VIII asr D) Mil avv IV asr 6. Ilk o`rta asrlarda mardikor bozorlari bo`lgan shaharlarni aniqlang ? A) Damashq , Bag`dod , Ishbiliya B) Bag`dod , Ishbiliya , G`arnota S) Ishbiliya , G`arnota , Istanbul D) Bag`dod , Ishbilya , Damashq 7.Anglyada kimning davrida moliya va harbiy islohotlar o`tgazilgan ? A) Genrix III davrida B) Genrix IV davrida S) Genrix II davrida D) Genrix V davrida 8.1216-yil Xorazmshoh Chingizxonning huzuriga kim boshchiligida elchilar yuboradi? A) Mahmud Yalovoch boshchiligida B) Qoracha Hojib boshchiligida S) Muzaffar Malik boshchiligida D)Bahouddin Roziy boshchiligida 9.O`zbekistonda qachon Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi nishonlandi ? A) 1995-yil B) 1996-yil S) 1997-yil D) 1998-yil 10. Amir Temurning amakisi Amir Hoji Barlos qaysi viloyatning hukmdori edi ? A) Movaraunnahrning B) Keshning S) Jomning D) Samarqandning 11. Yerning dumaloqligini amalda isbotlagan ekspeditsiya yillarini aniqlang ? A) 1518-1520-y.y. B) 1519-1520-y.y. S) 1519-1522-y.y D) 1519-1521y.y. 12. Kishilar bir-birdan kapitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan jamiyat ….? A) Yollanma ishchilar jamiyati deb ataladi B) Proletariat jamiyati deb ataladi S) Kapital jamiyat deb ataladi D) Sinfiy jamiyat deb ataladi 13.Jo`jixoning 5-o`g`li Shaybonga teggan hududni aniqlang ? A) Dashti Qipchoqning sharqiy qismi B) Dashti Qipchoqning shimoliy qismi S) Dashti Qipchoqning g`arbiy qismi D) Dashti Qipchoqning janubiy qismi 14 Buxoro xonligida qo`shin tarkibiga ko`ra asosan qanday turlarga bo`linadi ? A) O`ng va chap qanotga B) Qalb va manglayga S) Otliq va piyodaga D) Tug`ch va hirovulga 15.Qaysi o`zbek xoni hukumdorligi davrida Buxoroda “Dor ush-shifo” qurildi ? A) Imomqulixon davrida B) Baroqxon davrida S) Ko`chkinchixon davrida D) Subxonqulixon davrida 16. Dastlab Turkiston general – gubernatorligi ma`uriy jihatdan necha viloyatga bo`lingan ? A) 2: Sirdaryo va Yettisuv viloyatlariga B) 2: Turkiston va Yettisuv viloyatlariga S) 2: Toshkent va Verniy viloyatlariga D) 2: Yettisuv va Farg`ona viloyatlariga 17. O`rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o`z g`oyalarini amalga oshirishda jamiyatdagi qanday illatlarga qarshi kurashgan A) Mutaassiblik , loqaydlik , johillik B) Mutaassiblik , loqaydlik , qoloqlik S) Mutaassiblik , loqaydlik ,ma`rifatsizlik D) Mutaassiblik , loqaydlik ,ilmsizlik 18.O`rta Osiyoda “ Jadidlarning otasi” deya e`tirof etilgan shaxsni aniqlang ? A) Munavvarqori Abdurashidxonov B) Fayzulla Xo`jayev S) Mahmudxo`ja Behbudiy D) Abdulla Avloniy 19. Mustaqil demokratik Bolgariya respublikasini barpo etish rejasini ilgari surgan inqilobchi kim edi? A) Vasil Belinskiy B) Vasil Levskiy S) Xristo Botov D) Lex Valensa 20.1916-yil avgustida qaysi davlatning Antanta davlatlari bilan shartnomasi imzolandi ? A) Bolgariyaning B) Serbiyaning S) Gretsiyaning D) Ruminiyaning Download 19.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling