Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet411/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

461
 
bir mamlakatning suverenitetini hurmat qilish asosida, olingan majburiyatlarni, 
xalqaro huquq normalarini vijdonan bajarish asosida bo’lishi lozim. Biz yashab 
turgan davrning qat’iy talabi mana shulardan iborat. 
Tabiatni e’zozlash, uni muhofaza qilish, inson ongining yetukligi bilan 
bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda kishilarda ekologik ong va 
madaniyatni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada oilaning roli 
katta. Yoshlarimizda ekologik madaniyatni tarbiyalashda bolalar bog’chalari, 
maktab, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari ham jonbozlik ko’rsatmog’i zarur. 
Mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari doimiy va 
izchil ravishda aholining ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalashga oid 
ishlarni muntazam olib borish yo’lida jiddiy o’zgarishlarni qo’lga kiritishimiz 
mumkin bo’ladi.
9.6. Inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi
 
Har bir insonning baxt-saodati, uning kelajak hayoti butun insoniyatning 
taqdiri bilan uzviy bog’liqdir. Inson biologik va ijtimoiy omillarning majmuidir. 
Jamiyat biologik omillarning insonni kamol toptirishdagi ahamiyatini yanada 
oshirishga qodir emas. Lekin insonni mukammallashtirishda asosiy o’rin tutadigan 
ijtimoiy omillar rolini oshirish mumkin. Ana shu nuqtai-nazardan hozirgi davrda 
butun insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolarni hal qilish, mamlakatlar 
o’rtasidagi savdo, iqtisodiy, madaniy aloqalarni mustahkamlash katta ahamiyat 
kasb etadi. 
Hozirgi tarixiy jarayonlarning rivojlanishi, bir tomondan, har xil davlatlar 
o’rtasidagi muayyan ziddiyatlarning saqlanib qolishi bilan, ikkiichi tomondan
jahon hamjamiyati davlatlarining o’zaro bog’liqligi tobora kuchayib borishi, turli 
xalqlarning ijtimoiy hayoti va turmush tarzining baynalmilal tus olib borishi bilan 
tavsiflanadi. Ana shunday qarama-qarshiliklar kurashi orqali ziddiyatli, ammo 
o’zaro bog’liq, ko’p jihatdan yaxlit dunyo qiyinchilik bilan tarkib topib bormoqda. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling