Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

463
 
asosda emas, balki aqidaparastlarcha munosabatda bo’lish tufayli ko’riladigan 
moddiy, ma’naviy-ruhiy zarar va boshqa ovorayu-sarsongarchilikka Markazdagi 
rahbarlar ahamiyat bermaganlar. Ularning — yagona maqsadi qardosh 
respublikalar xalqlari o’zaro yaqinlashib, birlashib ketmasalar bo’lgani edi. 
O’tgan asrning 70 yili davomida o’tkazilgan tobelik siyosatining oqibati 
sifatida O’rta Osiyoning mustaqillikka erishgan respublikalari va xalqlari oldida 
o’tmishda yuzaga kelgan qator muammolar ko’ndalang bo’lib turgandi. Bularni 
davlatlararo va millatlararo munosabatlarning juda ko’plab masalalarida ko’rish 
mumkin. 
Ota-bobolarimiz minglab yillar mobaynida bir-birlari bilan yaqin qo’shni 
bo’lib yashab, paxta, g’alla, ipak, go’sht, neft, ko’mir, mis, oltin, kumush va 
boshqa boyliklar yaratgan, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirib kelgan 
bo’lsalarda, lekin ma’muriy-buyruqbozlik yillarida ana shu masalalarda ham og’ir 
qiyinchiliklar va qator muammolar yuzaga kelib, keskinlashib ketgan edi. 
Mamlakatimizdagi mustaqil respublikalarning tarixan o’zaro chambarchas 
bog’langan va bir-biriga ta’sir o’tkazib kelgan madaniy, ma’naviy, xo’jalik 
aloqalarini saqlab qolish va mustahkamlashni, yaxlit energetika, transport
irrigatsiya tarmoqlaridan, gaz va suv ta’minoti tizimidan birgalikda foydalanishni 
yo’lga qo’yish va yaxshilashni hozirgi paytda davrning o’zi talab qilmoqda. 
Mineral xom ashyo resurslarini va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash 
sohasida tarkib topgan ichki, mintaqaviy, respublikalararo munosabatlar haqida 
ham shunday deyish mumkin. 
O’zbeklar, qozoq va qirg’izlar va boshqa turkiy xalqlar o’rtasida azaliy 
do’stlik va qardoshlikning, iqtisodiy, madaniy-siyosiy aloqadorlikning yo’lga 
qo’yilganligi, yangi bosqichga kirganligi mustaqillikning buyuk samarasidir. 
Prezidentlar va hukumat boshliqlarining uchrashuvlarida O’rta Osiyo xalqlari 
hayotiga oid ko’pgina iqtisodiy, madaniy-siyosiy muammolar muhokama qilinib
ularni hal qilish yo’llari, moliyaviy asoslari belgilab olinganligi va hozirdanoq 
ularning amaliy natijalari sezilayotganligi diqqatga sazovordir. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling