445
qoldiradi. Chunki yadro quroli qo’llansa, yer yuzidagi barcha tirik mavjudot
qirilib, sivilizatsiya yo’q bo’lib ketadi, bunga hech qanday shak-shubha yo’q.
Hozir dunyoda ilgarigi davlatlardagiga nisbatan yadro quroli va ularni
tashish moslamalari ancha ko’pdir. AQSh bilan sobiq sho’ro hududidagi yadro
qurollarining talofat kuchi 60 ming megatonnani tashkil qiladi. Olimlarning taxmin
qilishicha, agar urush boshlanib, yadro qurollari qo’llaniladigan bo’lsa, bu holda
uning faqat 12 ming megatonnagacha quvvatidan foydalaniladi. Solishtirish uchun
ko’rsatish mumkinki, ikkinchi jahon urushida qo’llanilgan barcha portlatish
qurollarining umumiy quvvati atigi 6 megatonnani tashkil qilgan. Boshqacha
aytganda, yadroviy urush bo’ladigan bo’lsa, bunda portlash kuchi besh yil davom
etgan ikkinchi jahon urushidagiga nisbatan ikki ming barobar ko’p bo’lib, u faqat
bir yoki ikki kunda yuz beradi.
Termoyadro qurollarining uchta texnik xususiyati insoniyatni, sivilizatsiyani
katta xavf-xatar ostiga qo’yadi.
Birinchidan, termoyadro quroli katta talofat kuchiga ega.
Ikkinchidan, termoyadro quroli ishlab chiqarish qiymati oldingi urushda
minglab foydalanilgan harbiy samolyotlarni ishlab chiqarishga sarflangan
mablag’ga nisbatan ancha arzon.
Uchinchidan, yadro raketa hujumidan himoyalanishga intilishning amaliy
samara bermasligi.
Yuqoridagi sabablarga ko’ra, termoyadro qurolidan foydalanish mumkinligi
insonning genotip sifatidagi hamda insoniyat sivilizatsiyasining mavjudligini katta
xavf-xatar ostiga qo’ymoqda. Dunyoda insonning biologik tur sifatida yashashiga
bevosita xavf-xatar mavjud.
Demak, butun insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolar —
termoyadro qurolining qo’llanilishi va insoniyatning atom yong’ini natijasida
halokatga duchor bo’lishi xavfini bartaraf etishdan iborat. Hozirgi paytda tinchlikni
astoydil saqlash va mustahkamlashdan ko’ra, zarur va muhimroq vazifa yo’q.
Tinchlik bo’lmasa taraqqiyot ham, tarixning o’zi ham bo’lmaydi, zero tinchlik
Do'stlaringiz bilan baham: |