444
belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi negizida mamlakatimizni isloh qilish
va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy
demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini,
xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda
millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlashda muhim hayotiy dastur
ekanligi bilan ahamiyatlidir.
9.3. Hozirgi zamon umumbashariy muammolari, ularni hal qilish
yo’llari va istiqbollari
Umumbashariy muammolar mazmunan boy va chuqurligi, qamrovining
kengligi, butun insoniyat hayotiga taalluqliligi, milliy, regional chegaralar bilan
cheklanib qolmaganligi va boshqa qator xususiyatlariga ko’ra, ayrim xalq va
millatga, alohida bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga bevosita tegishli bo’lgan
muammolardan keskin farq qiladi. Umumbashariy muammolar insoniyatning
hozirgi davri uchungina emas, balki kelajakdagi hayotiy manfaatlari uchun ham
juda muhim va katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon umumbashariy muammolari
— bu insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan eng muhim va
asosiy muammolardir.
Hozirgi zamonda insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq
bo’lgan eng muhim va asosiy muammo — bu yer yuzidagi tinchlikni saqlash,
yadroviy urushning oldini olish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlashdir. Biz shuni aniq
anglab olishimiz zarurki, insoniyat atom energiyasiga, harbiy ahamiyat baxsh
etilgan yadroviy qurollar asriga qadam qo’yib, abadiylikdan mahrum bo’lib qoldi.
Agar yadroviy urush boshlanib ketsa, yer yuzidagi hamma jonli narsalar yo’q qilib
tashlanadi. Mavjud yadroviy aslahaxonalar shundayki, ularda yer yuzida
yashaydigan har bir kishi hisobiga uning atrofidagi juda katta mintaqani vayron
qilishga qodir bo’lgan zaryadlar jamlab qo’yilgan. Atom energiyasidan harbiy
maqsadlar yo’lida foydalanish insoniyatning bundan keyingi taqdirini xavf ostida
Do'stlaringiz bilan baham: |