Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet396/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

446
 
insoniyat turmushining tub shartidir. 
Yadro urushida g’olib bo’lmagani kabi qurollanish poygasida ham yutib 
chiqish mumkin emas. yer yuzidagi bunday poygani davom ettirish, ayniqsa, uni 
kosmosga ham yoyish yadro qurolini takomillashtirish suratini yana ham 
tezlashtiradi. yer yuzidagi vaziyat bundan keyin siyosatchilarga bog’liq bo’lmay 
qolishi mumkin, u tasodifning «quli» bo’lib qoladi. 
Modomiki, 
yadroviy 
urushning 
oldini 
olish, 
tinchlikni 
saqlash 
umuminsoniyatning oldida turgan dolzarb vazifa ekan, unga erishish uchun 
jahondagi hamma kuchlar, harakatlar birlashtirilishi lozim. Insoniyatning o’z-
o’zini saqlab qolishi, uning bugun, ertaga, hamisha baxt-saodatli bo’lishi uchun 
uning kuch-g’ayratlarini birlashtirishga ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. 
Bundan biz bir-birimizga bog’liq ekanligimizni, dunyoning yaxlitligini yaqqolroq 
ko’ryapmiz. So’nggi davrlarda Chernobil, Yaponiya atom stantsiyalarida yuz 
bergan avariyalar, atom qurollarini sinovdan o’tkazuvchi harbiy tomonlarining 
atrof-muhitga, aholiga ko’rsatilayotgan salbiy ta’siri, radioaktiv chiqindilarni 
saqlash va shu kabi muammolar turli mamlakatlarda yashovchi kishilarning 
taqdiriga daxldor ekanligidan yaqqol dalolat beradi. 
Keltirib o’tilgan dalillar urush va tinchlik muammosi hozirgi zamonning har 
qanday umumbashariy muammosini ijobiy va oqilona yechishning zarur sharti va 
asosi ekanligini ochiq-oydin ko’rsatib turibdi. Shuni e’tiborga olgan holda hozirgi 
kunda mintaqada barqarorlik va milliy xavfsizlik kafolatlarining shart-sharoitlarini 
aniqlash va ta’minlash g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Davlatimiz rahbarlari e’tirofiga ko’ra, biz davlatlarning tinch-totuv yashash, 
xalqaro masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik, tahdid qilmaslik tamoyilini 
tashqi siyosatimizga asos qilib olganmiz. O’zbekiston muddati 1995 yilda 
uzaytirilishi lozim bo’lgan yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomani, 
yadro qurolini yo’q qilib tashlash to’g’risidagi shartnomaga aylantirish 
tarafdoridir. Shuningdek, biz xuddi kimyoviy qurollar bo’yicha qabul qilingan 
shartnoma kabi biologik qurollarni ham ta’qiqlash to’g’risidagi shartnoma qabul 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling