Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
448
soni 1,3 milliard kishini tashkil qilishi, Janubiy Osiyoda kuniga 1 dollardan kam mablag’ga kun kechirayotganlar soni 522 million kishini, Afrikaning Sahroi Kabir janubida qashshoqlikda yashovchi aholi ulushi 46,3 foizni, asosiy xizmatlardan foydalanish va qashshoqlikni kamaytirish uchun zarur mablag’ 80 milliard, yoki jahon YAIMning 0,5 foizdan kam qismi, jahondagi eng badavlat 3 oligarxning mablag’i esa eng qashshoq 48 mamlakatning jami YAIMdan ancha yuqori ekanligi qayd etilgan 1 . Qashshoqlikning oldini olish uchun rivojlangan mamlakatlar qashshoq mamlakatlarga yordam berishni kuchaytirishi lozim. Shuning bilan bir qatorda yer yuzidagi mavjud resurslardan oqilona foydalanish zarur. Samarali, teng huquqlilikka asoslangan, planetaning resurslaridan umuminsoniy boylik sifatida oqilona foydalanishni ta’minlab beradigan xalqaro usullar va mexanizmlarga bo’lgan ehtiyoj borgan sari aniq ko’rinmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, hozirgi dunyoda hammamiz borgan sari bir- birimizga bog’liq bo’lib qolayotirmiz, bir-birimizga kerakli bo’lib qolayapmiz. Binobarin, bu dunyoda hozir bizning taqdirimiz bir ekanligini, bitta sayyorada yashab turganligimizni, uning manbalaridan foydalanayotganimizni, bu manbalarni bir-birimiz bilan ayirboshlayotganimizni va ular cheksiz emasligini, ularni saqlash kerakligini ko’rib turgan ekanmiz, bu hammamiz uchun oydin voqelikdir. Taraqqiyot jihatidan orqada qolib ketayotgan mamlakatlar aholisining qashshoqligini tugatishda, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirib, kerakli noz- ne’matlar bilan ta’minlash uchun ekin ekiladigan yerlarga mineral o’g’itlar bilan ishlov berish, sug’orish tizimini takomillashtirish, agrotexnikani kuchaytirish, dengiz manbalaridan samarali foydalanish, sun’iy muhsulotlarni yaratish kabi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Bu masalalarni hal etishda rivojlangan mamlakatlarning yordami katta o’rin tutadi. Inson hayotini saqlashda hozirgi paytda barcha mamlakatlarda keng tarqalib ketayotgan kasalliklar bilan kurashish, uning oldini olish ham katta ahamiyat kasb 1
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling