450
rivojlantirish yo’li bilan xalqlar o’rtasidagi yangi munosabatni tiklashdir.
Irqchilik, millatchilik avj olgan davlatlarda inson huquqlari va erkinliklari
muqarrar ravishda cheklanadi, totalitar sistema barpo etiladi, natijada ruhiy, vijdon
erkinligi oyoq osti qilinadi, inson hayotining o’zi xavf ostida qoladi
1
.
Gitlerizm, stalinizm tizimlarining oqibatida necha millionlab kishilar halok
bo’ldi.
Hozirgi mamlakatlar o’rtasida yangicha munosabatlar rivojlanmoqda, ular
demokratiya, oshkoralik, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlashga
qaratilgan. Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy aloqalarning
rivojlanishi ham ana shu umuminsoniy manfaatlarni qo’llab-quvvatlashga bog’liq
bo’lib qolmoqda.
Hozirgi zamondagi mavjud mamlakatlarning bir-biridan farqi, ularning
taraqqiy darajasi xususiyatlari, eng avvalo, insonning huquq va erkinliklari qanday
darajada himoya qilinayotganligi, demokratik jarayonning rivojlanishi bilan
belgilanmoqda. Ular o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy aloqalarning
rivojlanish istiqbollari ham ana shular bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun ham
inson huquqini va erkinligini ta’minlash, demokratiyani yanada rivojlantirish
barcha inson va insoniyatning oldida turgan dolzarb muammolar bo’lib qolishi
ham bejiz emas.
Ma’lumki, insoniyat kelajagi uning fan-texnika yutuqlaridan qay darajada
unumli foydalana olishiga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi hech kimga sir emas.
Hozirgi zamon fan-texnikasida bir-biriga tubdan qarama-qarshi bo’lgan ikki xil
imkoniyat — yer yuzidagi jamiki jonli mavjudotni batamom qirib tashlash hamda
insoniyat manfaatlari uchun xizmat qilish imkoniyatlari mavjud. Ana shu
imkoniyatlarning qaysi biridan foydalanish masalasi fan-texnika inqilobining
o’ziga emas, balki ijtimoiy tuzumning xususiyatiga, fan-texnika yutuqlaridan
oqilona foydalanishga bevosita bog’liqdir. Boshqacha aytganda, fan-texnika
1
Bu haqda qarang: Boboyorov B.N. Uniki. National terrorism as a threat to the democratic
society // Научный журнал «PYXIS» №3 (3)/2016.- С.Петербург.С.74-79.
Do'stlaringiz bilan baham: |