Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

452
 
9.4. Ekologik muammo va uni bartaraf etish yo’llari 
 
Odam paydo bo’lgan davrdan boshlab hozirga qadar tabiatga ta’sir qilib, uni 
batamom o’zgartirib yubordi. Keyingi ming yilliklar davomida inson faoliyati 
natijasida yer shari yuzasi, iqlimi, o’silmigi, hayvonot dunyosining tanib bo’lmas 
darajada o’zgartirib ketganligi bunga misol bo’la oladi. E’tirof etish kerakki
insonning o’z istiqbolini o’ylamay qilgan xatti-harakatlari, ko’r-ko’rona 
qilmishlari tufayli tabiat behad ozor chekdi, ko’p narsalardan abadiy judo bo’ldi. 
Kosmik changlar, issiqlik elektr stantsiyalari, avtomobillar sonining tez o’sib 
borishi, radiaktiv moddalar va boshqalar ta’siri ostida barcha jonli 
mavjudotning hayot manbai bo’lgan havo toqat qilib bo’lmaydigan darajada 
ifloslanmoqda. 
Bunday 
dahshatli 
hodisalar 
dunyoning 
deyarli 
hamma 
mamlakatlarida tez-tez bo’lib turibdi. Atrof-muhitning radioaktiv va kimyoviy 
chiqindilar 
bilan 
zararlanishi 
aholining, 
chorva 
mollarining, 
parrandalarning, daryo va ko’llardagi, suv omborlari va okeanlardagi baliq va 
boshqa jonivorlarning ko’plab zaharlanishiga sabab bo’lmoqda. Olimlar havo, suv 
va yer ustining zaharlanishi shu tariqa davom etadigan bo’lsa, sivilizatsiya halok 
bo’lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Akademik A.E.Fersmanning fikricha
agar atmosfera tarkibidagi karbonat angdrid miqdori 2 baravar ko’paysa, bu 
narsa yer yuzidagi haroratning 4 daraja ko’tarilishiga olib boradi. Uning hisobicha, 
bu voqea 500 yildan keyin sodir bo’lishi kerak. 
Suv ta’minotining an’anaviy manbalari hisoblangan daryolar, ko’llar, 
Shimoliy qutb muzliklari, dengizlar, suv omborlari ifloslanmoqda. Insoniyatning 
eng katta oziq-ovqat manbai bo’lgan jahon okeanlari ham hozirgi vaqtda inson 
sivilizatsiyasi qurboni bo’lmoqdada. Har yili jahon okeaniga o’n million 
tonnagacha mikdorda neft va neft muhsulotlari kelib tushadi. Inson o’zining ko’p 
asrlik xo’jalik faoliyatida 72 hayvon turini butunlay yo’q qilib yubordi. 
O’zbekistonda ham Turon yo’lbarsi, yo’l-yo’lli sirtlon kabi xayvonlar yo’q bo’lib 
ketdi. Oqquyruq, qoraquloq, Ustyurt qo’ylari, Buxoro bug’usi, qo’ng’ir ayiq 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling