460
zaharlanishdan, suv bosishdan va qaqrab qolishdan himoya qilishni ta’minlash;
-foydali qazilma konlarini yanada kompleks ravishda o’zlashtirish, ularni
qazib olish va qayta ishlash chog’ida nobudgarchilikka yo’l qo’ymaslik;
-Orol dengizi, Sirdaryo, Amudaryo va boshqa suvlar sathi kamayishining
oldini olish, ularni bug’lanishdan saqlashni kuchaytirish choralarini amalga
oshirish, suv manbalari, jumladan kichik daryolar va ko’llarni qurib qolishdan va
ifloslanishdan muhofaza qilishni yaxshilash, O’rta Osiyodagi eng muhim daryo
havzalaridagi suv xo’jaligi komplekslarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini
yaratish,
irrigatsiya,
melioratsiya
tizimlarini
hozirgi
davr
talabiga
muvofiqlashtirib qayta qurish;
-zararli moddalarning atrof-muhitga chiqarib tashlanishini kamaytirish va
chiqarilayotgan gazlarni zararli aralashmalardan tozalashni yaxshilash, gaz va
chang yutuvchi g’oyat samarali apparatlar, suvni tozalaydigan uskunalar,
shuningdek tabiiy atrof-muhitning holatini nazorat qiluvchi asboblar hamda
avtomat stantsiyalar ishlab chiqarishni ta’minlash;
-issiqlik elektr stantsiyalarida mazut, torfdan yoqilg’i sifatida foydalanishni
kamaytirish;
-o’rmonlarni yong’indan saqlash hamda ularni zaharli hashoratlardan va
kasalliklardan muhofaza qilish. Daraxtzorlarni kengaytirish, shahar, qishloqlar
atrofida yangi ko’kalamzorlarni yaratish, mavjud shunday zonalarni
obodonlashtirish;
-ilmiy asoslangan qo’riqxona va milliy sayilgohlarni ko’paytirishni davom
ettirish. Yovvoyi hayvonlarni mutanosib ravishda ko’paytirish hamda tabiiy ko’l,
hovuzlar va suv omborlarida qimmatli baliq turlarini urchitib ko’paytirish
tadbirlarini amalga oshirish.
Ekologik muammolarni hal qilishda barcha mamlakatlarning bir-birlariga
qo’l berib, hamkorlikda ish ko’rishlari maqsadga muvofiqdir. Bu sohada
umumjahon miqyosida hamkorlik, barcha mamlakatlarning bahamjihat ommaviy
harakat qilishlari zarurligini ko’rsatmoqda. Bu hamkorlik to’la teng huquqli, har
Do'stlaringiz bilan baham: |