459
aholining ehtiyojlarini qondirish uchun yer osti xom ashyolari, jumladan gaz, neft
mahsulotlarini qayta ishlab chiqish yildan-yilga avj olib kelmoqda. Mazkur xom
ashyolarni ishlatishda tabiatni muhofaza etish choralarini ko’rib chiqilsa,
maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Kishilarni tabiat va o’zining kelajak istiqboli qiziqtirmoqda. Bugun biz
shunday yuksak darajaga erishdikki, inson tabiatdan foydalanibgina qolmasdan,
uni himoya qilishi zarur. Tabiatni e’zozlashda va saqlashda hech qanday hududiy
to’siqlar bo’lishi mumkin emas, chunki bir mamlakatda ro’y berayotgan ekologik
inqiroz boshqa joylarga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Tabiat muqaddas bir
dargoh, inson ko’z ochib ko’rgan dunyo, bamisoli ona quchog’i, inson uchun
beshikdir.
Biz yashab, nafas olib, kun kechirib, tirikchilik o’tkazib turgan tabiat, uning
tarkibiy qismi bo’lmish yerimiz - hammaning, butun insoniyatning umumiy uyi,
umumiy makonidir. Shunday ekan, uni ko’z qorachig’idek saqlash, atrof-
muhitning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik umumdavlat, umuminsoniyat ishidir.
Tabiatni muhofaza qilishning dolzarbligi boisi ana shunda. Ekologik inqiroz
ishlab chiqarish inqirozi bo’libgina qolmay, ayni vaqtda, ijtimoiy-siyosiy
muammo hamdir. Chunki tabiatni muhofaza qilish bu rivojlanish va xalq
farovonligini oshirishning zaminidir. Shuning uchun ham respublikamizda
tabiatni muhofaza qilishni davlat yo’li bilan boshqarish va nazorat qilib turishga
katta ahamiyat berilayotganligi bejiz emas. Tabiatni muhofaza qilish Davlat
qo’mitasining, Orolni saqlash, EKOSAN va boshqa jamg’armalarning ta’sis
etilishi, tabiatdan unumli foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish
muammolariga oid mintaqaviy jahon ilmiy-amaliy anjumanlarining o’zkazilishi,
tabiatni muhofaza qilish ishlariga jamoatchilikning keng jalb etilishi bunga
misol bo’la oladi. Mintaqamizda tabiatni muhofaza qilish ishlari quyidagi
vazifalarni hal qilishga qaratilmog’i lozim:
-qishloq xo’jalik ekinzorlarini saqlash, tuproq eroziyasiga qarshi kurashni
kuchaytirish, yerlarni seldan, ko’chkilardan, o’pirilishlardan, sho’r bosishdan,
Do'stlaringiz bilan baham: |