467
Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan muammolarga to’xtalib,
mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, Orol Dengizining
qurishi bilan bog’liq oqibatlarni bartaraf etishda xalqaro hamjamiyat sa’y-
harakatlarini faol birlashtirish zarurligini ta’kidladi.
“Tinch-osoyishta, iqtisodiy
jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va
asosiy vazifadir. O’zbekiston o’zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi
qo’shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdori” ekanligiga alohida urg’u
berdi
1
.
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezident Sh.Mirziyoyev
yoshlarning o’z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish,
zo’ravonlik g’oyasi "virusi" tarqalishining oldini olish maqsadiga qaratilgan
BMTning Yoshlar huquqlari to’g’risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqishni,
hamda bag’rikenglik va o’zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni
ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga
yo’l qo’ymaslikka ko’maklashishga qaratilgan "Ma’rifat va diniy bag’rikenglik"
deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi
2
.
Hozirgi o’ta murakkab va ziddiyatli jarayon vaqtida hukumatimiz tomonidan
uzoqni ko’zlab olib borilayotgan insonparvarlik siyosati tufayli yurtimizda
osoyishtalik, tinchlik va totuvlik fuqarolarning kundalik turmush tarziga aylanib
ketgan.
Bu esa, o’z navbatida, respublikamizni jahon hamjamiyatiga qo’shilishiga
katta zamin yaratmoqda.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, mustaqillikka erishgan har bir
mamlakat o’z doirasida chegaralanib qolmasdan, boshqa xalqlar bilan do’stona
munosabatda bo’lgan taqdirdagina taraqqiyot yo’liga tusha oladi. Buni biz o’z
hayotimizdan yaqqol ko’rib turibmiz.
1
Mirziyoyev Sh.M. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqi. // “Xalq
so’zi”, 2017 yil 20 sentyabr.
2
O’sha joyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |