466
Biz Jаhоn bаnki, Оsiyo tаrаqqiyot bаnki, Islоm tаrаqqiyot bаnki, Хаlqаrо
vаlyutа jаmg’аrmаsi, bоshqа хаlqаrо mоliya vа iqtisоdiy tаshkilоtlаr bilаn аmаliy
hаmkоrlikni yanаdа rivоjlаntirаmiz.
2017-2021 yillаrdа O’zbеkistоnni yanаdа rivоjlаntirish bo’yichа Hаrаkаt
strаtеgiyasida ham dаvlаt qurilishi, sud-huquq tizimini tаkоmillаshtirish,
iqtisоdiyotni erkinlаshtirish vа ijtimоiy sоhаni rivоjlаntirish, bilan bir qatorda
millаtlаrаrо do’stlik vа hаmjihаtlikni mustаhkаmlаsh bo’yichа eng dоlzаrb
vаzifаlаr аniq bеlgilаb bеrildi.
Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-
siyosiy qadriyatlarini tashkil etadi, ularni avaylab saqlash va mustahkamlashga
intilish azaldan xalqimizning o’ziga xos fazilati bo’lib kelgan va hozirgi vaqtda
ham shunday bo’lib kelmoqda. Xalqlar o’rtasida tinchlik-totuvlik, do’stlik va
o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish mamlakatimizning ongiga, qoniga
chuqur singib ketgan.
O’zbekiston jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar
mamlakatlar bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda
taraqqiyotga erishishning o’ziga xos yo’lini tanlab olgan. Shuning uchun ham
uning jahon jamiyatidagi obro’ va e’tibori tobora ortib bormoqda.
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik bular davlatimizning yangi binosini barpo
qiladigan poydevoridir. Bu bizni ertangi porloq kunimizga olib boradigan to’g’ri
yo’ldir.
Ma’lumki, umumjahon xavfsizligiga erishish, muayyan mintaqadagi
davlatlarning hamjihatligi va birgalikdagi harakatidan boshlanadigan jarayon.
Shuni e’tiborga olgan holda, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti
Sh.Mirziyoyev BMT ning 72-sessiyasida so’zlagan nutqida Afg’onistonda
barqarorlik, tinchlikka erishish uchun mazkur mintaqalarda joylashgan
davlatlarning bir-birini o’zaro anglash va birgalashib harakat qilishlari zarurligini
uqtirib o’tdi va bir necha takliflarni olg’a surdi.
Sh.Mirziyoyev BMT 72-sessiyasidagi nutqida shuningdek, Markaziy
Do'stlaringiz bilan baham: |