468
9.7. Jamiyat taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish — inson oqilona
faoliyatining zaruriy sharti
Jamiyatni ilmiy bilish va boshqarishda unda sodir bo’layotgan jarayonlar
taraqqiyotining oqibatini oldindan ko’ra bilish katta ahamiyat kasb etadi. Bashorat
qilish nima? Inson hayotida ro’y bermagan, fan uchun hozircha no’malum
hisoblangan, imkoniyat tariqasidagina mavjud bo’lgan biron-bir ijtimoiy-siyosiy
voqea yoki hodisaning kelajakda qanday ro’y berishini, uning holati, rivojlanish
qonunlari va oqibatlarini muayyan ilmiy dalillar, nazariy xulosalar va
ma’lumotlarga asoslangan holda oldindan aytib berish — bashorat qilishdir.
Inson faqat orqaga, o’tmishga qarab yashay olmaydi, balki o’tmish avlodlar
tomonidan yaratilgan barcha ilmiy bilimlarni chuqur o’rganish va o’zlashtirish,
ularga ijodiy va tanqidiy yondashish asosida kelajakni oldindan ko’rishga,
to’xtovsiz ilgarilab borishga harakat qiladi. O’tmishni, tarixni bilmasdan turib
kelajakni bilish, olg’a rivojlanish mumkin emas. Kelajakka umidvorlik bilan
qarash, bugun bilmagan narsa va hodisani ertaga mukammal bilishga intilish,
orqaga emas, oldinga, kelajakka tomon harakat qilish — insonning eng muhim
fazilatlaridan bo’lib hisoblanadi. Inson o’zining kelajagini taxmin va gumonlarga
asoslanib emas, balki fan va amaliyotning chuqur ilmiy xulosalariga asoslanib bilib
oladi. Fan va amaliyot — kelajakni oldindan ko’rishning eng ishonchli qurolidir.
Inson fan yordamida dunyoni ilmiy asosda biladi, undan maqsadga muvofiq tarzda
foydalanadi. Biron-bir narsadan foydalanish uchun avvalo o’sha narsa va hodisani
bilish, atroflicha o’rganish kerak bo’ladi.
Ijtimoiy
hayot
hodisalarini
oldindan
bilish,
rejalashtirish,
programmalashtirish, loyihalashtirish, boshqarish nazariyalari bilan o’zaro
aloqadorlikda amalga oshiriladi. Murakkab jarayonlarni oldindan bilishga ayrim
fanlar, mutaxassislarning kuchi yetmasligi sababli ilmning barcha tarmoqlaridagi
yetuk olimlarning o’zaro hamkorligi talab qilinadi. Kelajakni, mavjud tarixiy
jarayonlarni bashorat qilishning eng qulay usuli ekspert baholashdir. U tarixiy
Do'stlaringiz bilan baham: |