Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
464
Hozirgi paytda insoniyat oldida shunday dolzarb, o’tkir muammolar turibdiki, ularni hal etish uchun dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar va xalqlarning kuch va imkoniyatlarini safarbar etishga to’g’ri keladi, mamlakatlarimiz xalqlari hayotining hozirgi holati va kelajagi uchun ma’suliyatni his etgan holda, biz teng huqukli hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik va o’zaro hurmat davlatlarimizning bir- biriga o’zaro munosabatida asosiy tamoyillar bo’lib qolishi muhim. Mazkur mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlar tarixiy, madaniy taraqqiyotining mushtarakligi bilan birlashgandir, ularni an’analar va ma’naviy qadriyatlar jipslashtirib turadi. Ular har doim o’zaro hurmat, tinch-totuvlik va yaxshi qo’shnichilik ruhida birgalikda yashab kelishgan. Umumiy ma’naviy qadriyatlar bilan bir qatorda bizni, shuningdek, energetik, suv va mintaqaning boshqa tabiiy resurslaridan foydalanishga asoslangan an’anaviy savdo, iqtisodiy aloqalar ham birlashtirib turadi. Prezidentlar mamlakatlarimiz o’rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy- texnik, madaniy va ijtimoiy sohalarda mustahkam hamkorlik qilish uchun maqbul shart-sharoit yaratib berishga har tomonlama ko’maklashishga tayyor ekanligini, buyuk ajdodlarimizdan qolgan boy merosni bundan keyin yanada boyitish, bu boylikdan mamlakatlarimizdagi mavjud iqtisodiy salohiyatni yanada yuksaltirish yo’lida foydalanishga amaliy ishlar bilan ko’maklashamiz, deb bayon qildilar. O’rta Osiyo mamlakatlari bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, MDH hamda boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zodir. «Biz, - deb aytilgan Qo’shma bayonotda, — tashqi siyosatda xalqaro huquqlarning barcha e’tirof etgan tamoyillariga rioya etgan hamda ularga amal qilgan holda hududiy yaxlitlik va bir-birimizning mustaqilligimizni so’zsiz hurmat qilish, tarixiy shakllangan chegaralarni tan olish lozimligini e’tirof etamiz. Biz, shuningdek, har bir davlatning o’z taraqqiyot yo’lini, davlat va jamiyat andozalarini tanlab olish huquqini e’tirof etamiz, o’zimizning bir-birimizga nisbatan maqsadlarimiz birligiga shubha uyg’otuvchi, tashqi kuchlar manfaatlariga xizmat qiluvchi bayonotlardan tiyilib turishga tayyor |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling